U-17 jahon çempionati: Özbekiston bugun Italiyaga qarşi maydonga tuşadi
Hamyurtlarimiz dastlabki turda Kot-d’Ivuarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bölsa, ikkinçi turda Yamaykani 6:2 hisobida mağlub etdi.
Qatarda ötkazilayotgan 17 yoşgaça bölgan futbolçilar örtasidagi jahon çempionatida bugun Özbekiston terma jamoasi guruh bosqiçidagi sönggi uçraşuvini ötkazadi.
Sergey Çigodayev şogirdlari 3-turda Italiyaning U-17 terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.
Hamyurtlarimiz dastlabki turda Kot-d’Ivuarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bölsa, ikkinçi turda Yamaykani 6:2 hisobida mağlub etdi.
Italiyaliklar esa Yamayka (6:0) va Kot-d’Ivuar (2:1) ustidan ğalaba qozonib, muddatidan oldin pley-off yöllanmasini naqd qilgan.
Özbekiston va Italiya örtasidagi uçraşuv bugun, 26-noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da boşlanadi. Guruhning ikkinçi bahsida Kot-d’Ivuar va Yamayka özaro kuç sinaşadi.
«E» guruhida ikki turdan keyingi vaziyat:
- Italiya — 6 oçko.
- Kot-d’Ivuar — 3 oçko.
- Özbekiston — 3 oçko.
- Yamayka — 0 oçko.
Musobaqa reglamentiga muvofiq, 12 ta guruhda birinçi va ikkinçi örinlarni egallagan jamoalar hamda uçinçi örinni band etgan eng yaxşi sakkizta terma jamoa 1/16 finalga yöl oladi.