Turkiya chempionati: Fayzullayev assist, Shomurodov gol urgan bahsda "Bashakshehir" "Kojaelispor"ni yengdi
2-turda "Bashakshehir" 23 avgust kuni "Trabzonspor" mehmoni bo‘ladi.
Turkiya chempionati 1-turida "Bashakshehir" o‘z maydonida "Kojaelispor"ni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Operi 14-daqiqada hisobni ochdi. Unga Abbosbek Fayzullayev golli uzatma berdi.
72-daqiqada Eldor Shomurodov istanbulliklarning ikkinchi golini kiritdi.
Bu gollar evaziga jamoa ishonchli hisobda 3 ochko qo‘lga kiritdi.
2-turda "Bashakshehir" 23-avgust kuni "Trabzonspor" mehmoni bo‘ladi.