«Real» mavsumoldi tayyorgarlikning so‘nggi o‘yinida «Shalke»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Gelzenkirxendagi «Feltins-Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda madridliklar raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urishga erishishdi.
Madridning «Real» klubi yangi mavsum oldidan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida Germaniyaning «Shalke» jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Gelzenkirxendagi «Feltins-Arena» stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda madridliklar raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urishga erishishdi.
O‘yinda hisob 6-daqiqadayoq Kilian Mbappe tomonidan ochildi. Oradan 14 daqiqa o‘tib, Din Hausen «qirollik klubi»ning ustunligini oshirdi — 0:2. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqa o‘tib borayotganida yosh hujumchi Karlos Espi raqiib darvozasini ishg‘ol qilib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:3. Shunisi e’tiborli, Espi «Real»ning asosiy jamoasi safidagi debutini gol bilan nishonladi.