Turk dunyosi yetakçi ayollari muştarak kelajak yölida birlaşdi
Turk dunyosining turli mintaqalaridan kelgan yetakçi ayollar, olimlar, davlat vakillari hamda işbilarmon doiralar nufuzli namoyandalari Turkiyaning Erzinjon viloyatida taşkil etilgan xalqaro kongressda jamlandi.
Binali Yildirim universiteti mezbonligida boşlangan anjumanda ayollarning tarixiy merosi, ijtimoiy özgariş jarayonidagi örni va global yetakçilik istiqboli muhokama qilindi. Ayollar va oila tadqiqoti amaliy ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taşkil etilgan “Bözqir qizlaridan global yetakçilarga: Turk dunyosi yetakçi ayollari kongressi” “Muştarak ötmiş, kuçli kelajak” şiori ostida ötdi. Ikki kun davom etgan nufuzli tadbirda eng ilğor akademik, davlat arbobi, tadbirkor va ziyolilardan iborat faol xotin-qizlar özlarining siyosat, diplomatiya, iqtisodiyot, taʼlim, ilm-fan, madaniyat va fuqarolik jamiyati sohalaridagi örnini har tomonlama tahlil qildilar.
Doktor, dotsent Qadr Oltin raisligida ötgan anjumanda ayollarning qaror qabul qiliş mexanizmidagi iştiroki, tadbirkorlik faoliyati, ilmiy yutuqlari va ijtimoiy taraqqiyotga qöşayotgan hissasi asosiy mavzular sifatida belgilandi. Iştirokçilar özaro bilim va tajriba almaşgan şöʼba yiğilişlarida turkiy jamiyatlarning tarixiy taraqqiyotida ayollar zimmasiga tuşayotgan masʼuliyat hamda zamonaviy yetakçilik tamoyili xolis baholandi.
Momo Xotun merosi ayollar yetakçiligiga yöl oçadi
Kongressning eng eʼtiborga molik tadbirlaridan biri Terjon madaniy sayohatidir. Şu kuni qatnaşçilar Onadöli tarixida davlat arbobi va hukmdor sifatida nom qozongan Momo Xotun nomi bilan ataluvçi tarixiy majmuani ziyorat qildilar.
Qariyb sakkiz asrlik tarixga ega Momo Xotun majmuasi betakror meʼmorçiligi va tarixiy muhiti bilan mamlakatning muhim madaniy meros obidalari sirasiga kiradi. Saljuqiylar hukmdori ikkinçi Izzaddin Saljuqning qizi Momo Xotunning tarixiy şaxsiyati, öz davrida zimmasiga olgan boşqaruv masʼuliyati va bunyod etgan inşootlari anjumanning ayollar yetakçiligiga oid ğoyasi bilan hamohangdir.
Asrlar davomida Onadöli siyosiy va ijtimoiy hayotida öçmas iz qoldirgan hukmdor merosi butun turk dunyosidan kelgan ayollar tomonidan bevosita örganilişi ötmiş va kelajak örtasida mustahkam köprik vazifasini ötaydi. Şu tariqa ayollar yetakçiligi nafaqat ilmiy maʼruzalar doirasida körib çiqildi, balki mavzuni tarixiy meros bilan jonli muloqot orqali ham tahlil qiliş imkoni yaratildi.
Erzinjon tarixiy merosi tadbirga özgaça ruh bağişladi
Xalqaro anjumanga mezbonlik qilgan Erzinjon viloyati boy ötmişi, madaniy qadriyatlari bilan maşhur. Asrlar davomida turli tamaddunlarga beşik bölgan bu kent Buyuk Ipak yöli çorrahasida joylaşgani bois, asrlar davomida savdo-sotiq va madaniy aloqalar markazi bölib kelgan.
Urartu, Fors, Rim va Vizantiya davri izini saqlagan Erzinjon Malazgirt ğalabasidan söng turkiylar tasarrufiga ötgan. Mengujaklar bekligi davrida hududda meʼmorçilik, savdo va madaniy hayot yuksalgan. Onadöli saljuqiylari, elxoniylar va usmoniylar davri ham şaharning tarixiy qiyofasi şakllanişida muhim örin tutgan.
Kemah qalʼasi, Oltintepa Urartu manzilgohi, Sulton Malik maqbarasi va Momo Xotun majmuasi kabi tarixiy obidalar Erzinjonning köp qatlamli ötmişini bugungi kungaça yetkazgan. Şu jihatdan hudud turk dunyosi muştarak tarixiy va madaniy qadriyatlarini qayta kaşf etiş uçun ham qulay imkoniyat yaratdi.
Xalqaro taşkilotlardan kuçli qöllab-quvvatlov
Kongress milliy va xalqaro miqyosda faoliyat yurituvçi köplab nufuzli taşkilotlarning hissasi va kömagi bilan ötkazildi. Jumladan, Turkiya hamkorlik va muvofiqlaştiriş agentligi (TIKA), Xorijdagi turklar va qardoş jamiyatlar boşqarmasi (YTB), Xalqaro turk madaniyati taşkiloti (TÜRKSOY), Turkiya teleradiokompaniyasi (TRT), Şimoli-şarqiy Onadöli taraqqiyot agentligi (KUDAKA) hamda Ayollar va demokratiya jamğarmasi (KADEM) kabi qator muassasa va taşkilotlar anjumanni faol qöllab-quvvatladi.
Turli yönalişlarda faoliyat olib boruvçi uşbu tuzilmalar saʼy-harakati tufayli kongress şunçaki ilmiy tadbir doirasidan çiqib, madaniy diplomatiya, ijtimoiy birdamlik va xalqaro muloqot maydoniga aylandi. Anjuman doirasida örnatilgan aloqalar turk dunyosida ayollarga yönaltirilgan qöşma loyihalar işlab çiqiş, ilmiy tadqiqot kölamini kengaytiriş va davlatlar örtasidagi madaniy munosabatni yanada mustahkamlaşga zamin yaratişi şubhasiz.
Nodira Qayumova, ÖzA
Turkiya