Janubiy Afrikada ikki otişmada 17 kişi halok böldi
Janubiy Afrika Respublikasi Pretoriya şahri ğarbiy qismida joylaşgan tumanda 9 kişi otib öldirilgan holda topildi.
Politsiya maʼlum qilişiça, fojia yakşanba kuni keçqurun Atterijvill hududidagi Jeffsvill norasmiy aholi manzilida sodir bölgan. Qurbonlar orasida uç ayol ham bor. Marhumlar muvaqqat kulba içida öq otar quroldan otilgan. Hozirça jinoyat sababi nomaʼlum, heç kim gumonlanib qölga olinmagan.
Huquq-tartibot idoralari Kvazulu-Natal muzofotida yuz bergan yana bir qonli hodisa yuzasidan tergov boşlanganini bildirgan. Yakşanba oqşomida Pitermaritsburg şahri çetida turgan avtomobil içida öq otar quroldan halok bölgani taxmin qilinayotgan 8 kişi jasadi topilgan.
Qayd etilişiça, Janubiy Afrika dunyoda qotillik darajasi eng yuqori davlatlar qatoriga kiradi: mamlakatda kuniga örtaça 60 ga yaqin qotillik jinoyati kuzatiladi.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA