Turizm Buxoro iqtisodiy taraqqiyotining muhim omiliga aylanmoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahri boy tarixiy-madaniy merosi, noyob me’moriy obidalari va milliy an’analari bilan mahalliy hamda xorijiy sayyohlarni o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Ark qo‘rg‘oni, Poyi Kalon majmuasi, Labi Hovuz, Chor Minor va Somoniylar maqbarasi kabi tarixiy obidalar har yili minglab sayyohlarni qabul qilmoqda. Bu esa hududda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilayapti.
Turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida yangi mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish maskanlari va servis xizmatlari faoliyati kengayib bormoqda. Ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning mazkur sohadagi ishtiroki ortib bormoqda.
[gallery-29895]
Shu bilan birga, Buxoroning zargarlik, naqqoshlik, kulolchilik va kashtachilik kabi an’anaviy hunarmandchilik yo‘nalishlari ham sayyohlar qiziqishini uyg‘otmoqda. Milliy mahsulotlarga bo‘lgan talabning ortishi hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash hamda madaniy merosni asrab-avaylashga xizmat qilmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA