Tuman va shahar IIB boshliqlari o‘zaro bellashdilar
Mutaxassis xodimlarni rag‘batlantirish, ularning malakasini oshirish, o‘z ustida ishlashiga imkoniyat yaratish maqsadida Navoiy viloyati IIB shahar, tuman ichki ishlar bo‘limlari rahbarlari ishtirokida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Tanlovda rahbar xodimlar jismoniy tayyorgarlik, o‘q otish sinovidan o‘tishdi. Bundan tashqari, ko‘rik- tanlov shartlariga ko‘ra, ishtirokchilar yakuniy suhbat hamda mantiqiy fikrlash darajasini aniqlashga qaratilgan psixologik test topshirdilar.



Natijalarga ko‘ra, 3-o‘rinni Karmana tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i. podpolkovnik Ulug‘bek Abdurahmonov, 2-o‘rinni Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Obidjon Ro‘zimurodov egallagan bo‘lsa, 1-o‘ringa Zarafshon shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Sardor Latipov munosib ko‘rilib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Abduvali Bo‘riyev,
O‘zA muxbiri