Harbiy-akademik litsey bitiruvchilarining barchasi talaba bo‘ldi
Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyida tarixiy natija qayd etildi.
Mazkur litseyni 2025/2026 o‘quv yilida bitirgan barcha o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinib, talabalik maqomiga erishdi.
Bu yuksak natija yillar davomidagi mashaqqatli mehnat, ustozlarning fidokorona saboqlari, ota-onalarning duosi va yoshlarning o‘z maqsadiga bo‘lgan qat’iy ishonchi samarasidir.
Harbiy akademik litseyning jami 147 nafar bitiruvchisidan 144 nafari davlat granti, 3 nafari to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan.
Shuningdek, ularning 42 nafari oliy, 105 nafari oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish baxtiga muyassar bo‘ldi.
Bu natija litsey jamoasi uchun katta faxr, bitiruvchilar uchun esa yangi marralar sari dadil qadamdir.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA muxbiri