Tramp va Kim Çen In uçraşmoqçi: Vaşington Pxenyan bilan nimani kelişadi?
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Osiyo böylab safari uçun diplomatik uçraşuvlarga boy kun tartibini eʼlon qildi. Uning aytişiça, Rossiya yetakçisi Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin bilan iqtisodiyot, yadroviy qurolsizlaniş hamda yirik uruşlar yuzasidan uç tomonlama muzokara ötkazadi. Bundan taşqari Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakçisi Kim Çen In bilan ham uçraşuv rejalaştirilgan. Bu haqda “Euronews” yozgan.
Birinçi manzil Filippin bölişi mumkin. Şundan söng Tramp Xitoyga yöl oladi. 19-noyabr kuni Putin va Si Szinpin bilan muloqot ötkaziladi. Uşbu muzokara Osiyo-Tinç okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti doirasida bölib ötadi. Qöşimça qilinişiça, uçraşuvda Eron va Ukraina atrofidagi mojaro, şuningdek iqtisodiyot va savdo masalalari muhokama qilinadi.
Avvalroq Amerika rahbari Kim Çen In bilan munosabati yaxşi ekanini aytar ekan, ular yil oxiriga qadar uçraşişini istisno etmagan edi. Öşanda uçraşuv tafsilot oşkor qilinmagan.
– U bilan iliq munosabatda ekanim – yaxşi holat, – degan AQŞ Prezidenti. – Hozir Kimning ixtiyorida 57 dona juda qudratli yadroviy kallak bor. Mening prezidentlik davrimda bunga yöl qöymagan bölardik.
Aftidan, Tramp va Kim Çen In uçraşuvi xavfsizlik masalasi bilan boğliq. Öz navbatida, Xalqaro atom energiyasi agentligi boş direktori Rafael Grossi sentabr oyida Şimoliy Koreyada yadroviy material işlab çiqariş rivojlanayotgani haqidagi xabarlarni “jiddiy taşvişga sabab böladigan holat” sifatida baholagan.
Kenja Bekjonov, Anvarxöja Ahmedov (video), ÖzA