Baffet 5,5 milliard dollarlik aksiyasini xayriya qiladi
Amerikalik milliarder Uorren Baffet öziga tegişli “Berkshire Hathaway” investitsiya kompaniyasining taxminan 5,5 milliard dollarlik aksiyasini farzandlari boşqaradigan xayriya taşkilotlariga hadya qildi, deyilgan kompaniya tarqatgan xabarda.
– Bugun faxriy rais Uorren Baffet A toifali 6 150 aksiyasini 9 225 000 B toifali aksiyaga aylantiradi va 4 oilaviy jamğarmaga xayriya sifatida topşiradi, – deyilgan bayonotda.
Bir aksiya narxi 592,85 dollar. Jami xayriya taxminan 5,47 milliard dollarga baholangan.
Merosxörlarning har biri allaqaçon öz xayriya loyihalariga ega. Masalan, Syuzan Baffet taʼlim tizimini qöllaydi, Govard Baffet oçlikka qarşi kuraşiş va mojarolardan jabr körganlarga yordam beradi, Piter Baffet esa mahalliy jamoalarni qöllab-quvvatlaşga eʼtibor qaratadi.
Uorren Baffet 1986-yil milliarderga aylandi va “Berkshire Hathaway” investitsiya xolding kompaniyasini qiymat sarmoya strategiyasi orqali ulkan korporatsiyaga aylantirdi. Uşbu keksa milliarder sayyoramizda öninçi eng boy odam hisoblanadi.
S.Rahimov, ÖzA