Total Chess World Championship Tour 2026: Abdusattorov 21-24-örinlar uçun kuraşadi
Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida mukofot jamğarmasi 650 ming AQŞ dollaridan iborat “Total Chess World Championship Tour 2026” musobaqasining pley-off juftliklari maʼlum böldi.
Yangiça formatda 24 nafar şaxmatçi iştirokida ötayotgan musobaqaning "A" guruhida bahs olib borgan Nodirbek Abdusattorov uçraşuvlarni öta omadsiz ötkazdi va yakunda olti iştirokçi orasida 6-örinni egalladi.
Keça guruh bosqiçining sönggi kuni u amerikalik Endryu Hongga qarşi ötkazilgan har ikki partiyada durangga erişdi.

Töqqiz oçko jamğargan Abdusattorov guruh autsayderi sifatida saralaşni yakunladi. “A” guruhida 15 oçko bilan birinçi örinni egallagan Alireza Firuzdja 1/2 finalga yöl oldi. Uning final ostonasidagi raqibi AQŞlik Fabiano Karuana.

Endi 24 nafar şaxmatçi oltita juftlikda yakuniy örinlar uçun kuraşadi. Çempion 1-setkada aniqlanadi: Maksim Vaşe-Lagrav Aniş Giri, Alireza Firuzja-Fabiano Karuana sovrinli örinlar uçun kuraş olib borsa, qolgan 20 nafar iştirokçi 5–24-örinlarga daʼvogarlik qiladi.

Nodirbek Abdusattorov 6-setkada hindistonlik Rameşbabu Pragnanandha bilan kuç sinaşadi.
Bu setkada 21–24-örin sohiblari aniqlanadi. Uşbu pley-off bosqiç öyinlari ertaga, 17-noyabrda boşlanadi. Unda şaxmatçilar blits, rapid va Fast Classic formatlarida bahs olib boradi. Musobaqalar 20-noyabrga qadar davom etadi.
T. Röziyev, ÖzA