Abdurahmon Karimov "Andijan Cup" ğolibiga aylandi
Andijon şahrida tennis böyiça ösmirlar örtasidagi Xalqaro tennis federatsiyasi taqvimidan örin olgan J30 tasnifiga kiruvçi "Andijan Cup" musobaqasi bölib ötdi.
Xalqaro turnirning öğil bolalar örtasidagi yakkalik bahslari finalida hamyurtimiz Abdurahmon Karimov rossiyalik Andrey Tkaçenkoga qarşi kortga çiqib, 6:3, 6:2 hisobida ğalaba qozongan holda musobaqa ğolibiga aylandi.
Juftlik bellaşuvlarida esa Saidumar Saidakbarov va Ahmadjon Toşmuhamedov tandemi rossiyalik Timur Gizatullin hamda Andrey Tkaçenko duetiga qarşi boş sovrin uçun raqobatlaşdi. Afsuski, uç set davom etgan uçraşuvda vakillarimiz 6:2, 6:7, 10:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Qizlar örtasidagi yakkaliklar örtasida yoş tennisçimiz Muslimaxon Turdimurodova belaruslik Viktoriya Naxiboviç bilan kuç sinaşdi. Uşbu öyinda Viktoriya 6:4, 6:3 hisobida zafar quçdi. Şu tariqa Viktoriya çempion, Muslimaxon esa vitse-çempionga aylandi. Juftlik bellaşuvida esa neytral tennisçi Polina Molçanova bilan birgalikda öynagan Muslimaxon Turdimurodova 5:7, 2:6 hisobida belaruslik Stanislava Aleynikava hamda Viktoriya Naxiboviçga imkonimyatni boy berib qöydi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA