Toşkentdagi yirik forum yurtdoşlarimizni Yevropa va Körfaz mamlakatlaridagi iş beruvçilar bilan bevosita boğlaydi
Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazmoqda.
30-noyabrdan 5-dekabrga qadar Toşkentda “Yangi Özbekiston – global imkoniyatlar çorrahasi” forumi ötkaziladi. Prezidentimiz uşbu tadbir tadbirkorlar uçun yangi eksport yönalişlarini oçiş, çet elda işlaş istagidagi fuqarolarni Yevropa va Körfaz mamlakatlaridagi iş beruvçilar bilan boğlaşga xizmat qilişi zarurligini taʼkidladi. Forumga 52 ta davlat vakillari kelişi kutilmoqda.
Har bir elçi özi işlayotgan mamlakatdan 50-100 nafar yirik importyor va rekruting kompaniyalari vakillarini jalb qilişi kerakligi qayd etildi.
Forumda xorijlik hamkorlar bilan 2027-yil uçun eksport, turizm va migratsiya yönalişlarida aniq kelişuvlarga erişiş vazifasi qöyildi.
Davlatimiz rahbari iş örni topiş bilan vazifa tugamasligini bildirdi. Elçilar hokimlar bilan birga fuqaroning işga joylaşişi va yangi muhitga könikişigaça bölgan jarayon uçun masʼul böladi.
ÖzA