Anqara sammiti: Turkiy davlatlar hamkorligining yangi yönalişlari va Özbekiston taşabbuslari
Özbekistonning xalqaro maydondagi taşabbuslari, mintaqaviy hamkorlik istiqboli va geoiqtisodiy manfaatlar tahlili.
2026-yil 30-oktabr kuni Anqara şahrida Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT) 13-sammiti bölib ötdi. «Turkiy asr: tilda, fikrda va işda birlik» şiori ostida uyuştirilgan mazkur uçraşuv tuzilma doirasidagi köp tomonlama hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, mavjud salohiyatdan samarali foydalaniş va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilaş nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.
Anjumanda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar turkiy davlatlar örtasidagi aloqalarni anʼanaviy madaniy-gumanitar hamkorlik bilan birga, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport-logistika, sanoat kooperatsiyasi, huquqiy hamkorlik va inson kapitalini rivojlantiriş kabi amaliy yönalişlarda yanada çuqurlaştirişga qaratilgani bilan eʼtiborlidir.
Bugungi xalqaro munosabatlar tizimida transport yölaklari, taʼminot zanjiri, strategik xom aşyo, texnologiya va sarmoya uçun raqobat kuçayib borayotgan bir şaroitda turkiy davlatlar iqtisodiy salohiyatini özaro uyğunlaştiriş juda muhim.
Şu maʼnoda, Anqara sammitida ilgari surilgan taşabbuslarni faqat taşkilot doirasidagi navbatdagi diplomatik takliflar emas, balki mintaqaviy hamkorlikning iqtisodiy mazmunini boyitiş, davlatlar örtasidagi özaro boğliqlikni kuçaytiriş va xalqaro iqtisodiy jarayonda birgalikdagi iştirokni kengaytirişga qaratilgan strategik yondaşuv sifatida baholaş mumkin.
Özbekiston uçun TDT doirasidagi hamkorlikning ahamiyati, avvalo, mamlakat taşqi iqtisodiy aloqalarini kengaytiriş, eksport geografiyasini diversifikatsiya qiliş, transport imkoniyatidan samarali foydalaniş va yangi sarmoyaviy manbalar jalb etiş bilan belgilanadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev sammitda ilgari surgan taşabbuslarning asosiy mazmuni ham ayni maqsadga xizmat qiladi. Bu jarayonda bir neça muhim yönalişni ajratib körsatiş mumkin.
Örta yölak: geografik joylaşuvdan iqtisodiy ustunlik sari
Özbekiston dengizga bevosita çiqiş imkoniga ega emas. Şu bois xalqaro transport yönalişlarini rivojlantiriş, yuk taşiş geografiyasini kengaytiriş va tranzit imkoniyatini oşiriş mamlakat taşqi iqtisodiy siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi.
Şu nuqtai nazardan Örta yölak, yaʼni Transkaspiy xalqaro transport yönalişini rivojlantiriş masalasi beqiyos ahamiyatga ega.
Xitoy va Markaziy Osiyodan Kaspiy dengizi, Janubiy Kavkaz hamda Turkiya orqali Yevropa bozoriga çiqiş imkonini beradigan mazkur loyiha rivoji xalqaro yuk taşiş yönalişlarini köpaytiriş, transport xizmati bozorida raqobatni kuçaytiriş va mintaqa davlatlari tranzit salohiyatini oşirişga xizmat qiladi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Örta yölakni yagona iqtisodiy tizimga aylantiriş maqsadida Turkiy davlatlar logistika majmualari tarmoğini yaratiş va tuzilma faoliyatini birga boşqariş taklifini kiritdi.
Bu muhim taşabbus faqat yangi transport yönalişlarini şakllantiribgina qolmay, mavjud infratuzilmani özaro boğlaş, logistika xizmatini muvofiqlaştiriş va xalqaro yuk taşiş jarayonini yanada samarali taşkil etiş imkonini ham beradi.
Özbekiston uçun loyiha samarasi eksport-import amaliyoti samaradorligi oşişi, yuk yetkazib beriş muddati qisqarişi, taşqi savdo uçun muqobil yönalişlar kengayişida namoyon böladi.
Qolaversa, transport yölaklarini diversifikatsiya qiliş mamlakat iqtisodiyotining taşqi logistika xatarlariga çidamliligini kuçaytiradi. Bu, ayniqsa, global taʼminot zanjirida uziliş kuzatilayotgan, xalqaro transport yönalişlari strategik ahamiyati ortib borayotgan bugungi şaroitda öta dolzarb.
Demak, Örta yölak respublikamiz uçun şunçaki tranzit yönalişi emas, balki geografik imkoniyatni iqtisodiy qiymatga aylantiriş vositasidir.

Turkiy dunyo-100: sanoat kooperatsiyasi va qöşilgan qiymat zanjiri
Sammitda ilgari surilgan muhim taşabbuslardan yana biri yuzta strategik qöşma investitsiyaviy va sanoat loyihasini amalga oşiriş nazarda tutilgan “Turkiy dunyo-100” dasturini qabul qiliş taklifidir.
Uşbu taşabbus mohiyatan turkiy davlatlarning mavjud işlab çiqariş imkoniyati, tabiiy resurslari, texnologiya salohiyati va sarmoyaviy imkoniyatni birlaştirişga yönaltirilgan.
Bugungi dunyo iqtisodiyotida muayyan davlat raqobatbardoşligi faqat tabiiy resurs yoki işlab çiqariş hajmi bilan belgilanmaydi. Mahsulotni çuqur qayta işlaş, yuqori qöşilgan qiymat yaratiş, zamonaviy texnologiyani işlab çiqarişga joriy etiş va xalqaro bozorga tayyor mahsulot bilan çiqiş tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Demak, 100 qöşma loyihani öz içiga olgan dastur turkiy davlatlar örtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş uçun muhim maydonga aylanişi mumkin.
Özbekiston uçun bunday hamkorlik yangi işlab çiqariş quvvati yaratiş, zamonaviy texnologiyani jalb qiliş, eksportbop mahsulot turini köpaytiriş va qöşimça iş örinlari oçiş, degani.
Binobarin, har qanday taşabbusning haqiqiy samarasi loyiha soni emas, balki iqtisodiy rentabellik, mahalliylaştiriş darajasi, eksport salohiyati va yaratiladigan qöşilgan qiymat bilan belgilanadi.
Strategik minerallar va yaşil energetika: yangi texnologik hamkorlik imkoniyati
Jahon iqtisodiyotida energetika transformatsiyasi jadallaşib borayotgan bir şaroitda litiy, mis, uran, molibden kabi strategik xom aşyoga talab ortmoqda. Bunday resurslar qayta tiklanuvçi energiya qurilmalari, elektr transporti, akkumulyatorlar va boşqa zamonaviy sanoat texnologiyalari işlab çiqarişda muhim örin egallaydi.
Şu maʼnoda strategik minerallar masalasi bugun nafaqat iqtisodiy, balki texnologik va energetik xavfsizlikning ham muhim tarkibiy qismiga aylangani tuşunarli.
Prezident Şavkat Mirziyoyev “Turkiy dunyo-100” dasturi doirasida strategik minerallarni çuqur qayta işlaş va yaşil energetika uskunalari işlab çiqarişni mahalliylaştirişga ustuvor ahamiyat qaratiş taklifini berdi.
Bu taşabbus Özbekiston uçun alohida istiqbolga ega. Zero, mamlakatimizda rangli metallar, uran singari mineral resurslar mavjudligi bunday unsurlarni çuqur qayta işlaş asosida yangi sanoat tarmoğini rivojlantiriş imkonini beradi.
Ayni payt xom aşyoni qazib oliş va eksport qilişning özi yetarli emas. Asosiy foyda qayta işlaş, texnologik jihatdan murakkab mahsulot işlab çiqariş va xalqaro qiymat zanjiriga ulaniş orqali yuzaga çiqadi.
Turkiy davlatlar örtasidagi sanoat va texnologiya hamkorligi aynan şu jarayonni jadallaştiradi.
Turkiy investitsiya jamğarmasi: taşabbusdan aniq loyihaga ötiş mexanizmi
Har qanday yirik iqtisodiy taşabbusning hayotiyligi, avvalo, moliyaviy taʼminotga boğliq. Şu nuqtai nazardan, Turkiy investitsiya jamğarmasi va xalqaro moliya institutlari mablağini qöşma loyihalarga yönaltiriş masalasi dolzarb.
Prezident taklif etgan “Turkiy dunyo-100” dasturining muvaffaqiyati ham şunday moliyaviy mexanizmdan samarali foydalanişga bevosita boğliq.
Jamğarma faoliyati aʼzo davlatlar hamkorligini moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlik taşabbuslarini rağbatlantiriş va istiqbolli loyihalarga resurs yönaltirişga qaratiladi.
Mamlakatimiz uçun qöşma korxonalar taşkil etiş, infratuzilma loyihalarini moliyalaştiriş va xususiy sektor iştirokini kengaytiriş nuqtai nazaridan muhim hisoblangan bu jarayonda asosiy vazifamiz mavjud moliyaviy resurslarni aniq iqtisodiy natija beradigan, özaro manfaatli va uzoq muddatli loyihalarga yönaltirişdan iborat.
Tijorat masalalarida huquqiy hamkorlik: tadbirkorlar uçun
işonçli muhit
Iqtisodiy integratsiyaning muvaffaqiyati faqat transport va investitsiya imkoniyatiga emas, balki biznes faoliyatining huquqiy kafolatiga ham boğliq. Masalan, bir davlatda faoliyat yuritayotgan tadbirkor boşqa mamlakat bilan hamkorlik davomida şartnoma majburiyati buzilişi, moliyaviy nizo yoki sud jarayoni bilan boğliq muammolarga duç kelişi mumkin. Bunday vaziyatda huquqiy yordam körsatiş mexanizmi samarali işlaşi işbilarmon manfaatini himoya qilişda muhim örin tutadi.
Şu bois Özbekiston Prezidenti tijorat işlari böyiça özaro huquqiy yordam töğrisida köp tomonlama şartnoma işlab çiqiş va tegişli murojaat hamda hujjatlarni elektron almaşiş uçun raqamli platforma yaratişni taklif etdi.
Mazkur taşabbusdan közlangan asosiy maqsad turkiy davlatlar örtasidagi iqtisodiy munosabatda huquqiy hamkorlikni mustahkamlaş, biznes yuritiş jarayonidagi tösiqlarni kamaytiriş va tadbirkor manfaati muhofazasini mustahkamlaşdir.
Şu tariqa transçegaraviy savdo va investitsiya loyihalari huquqiy jihatdan işonçli muhitda rivojlanadi.
Turkiy turizm alyansi: yagona sayyohlik makoni sari
Turizm turkiy davlatlar örtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirişda ulkan imkoniyatga ega.
Mintaqamiz tarixiy obidalar, tabiiy maskanlar, madaniy meros va ziyorat turizmi salohiyati bilan ajralib turadi. Uşbu imkoniyatdan yanada samarali foydalaniş uçun barça davlatlar sayyohlik yönalişlarni özaro boğlaş, transport qatnovi kölamini kengaytiriş va sayohatçilar uçun qulay şaroit yaratiş zarur.
Prezident Şavkat Mirziyoyev “Turkiy turizm alyansi”ni taşkil etiş hamda fuqarolarning özaro safarlarini yengillaştiriş, jumladan ID-karta orqali sayohat qiliş imkonini kengaytiriş böyiça köp tomonlama kelişuv işlab çiqiş taklifini ilgari surdi.
Bu taşabbus turkiy davlatlarni yagona sayyohlik makoni sifatida tarğib qiliş, turizm yönalişlarini diversifikatsiya qiliş va özaro sayyohlar oqimini tezlaştiriş uçun yangi imkoniyat yaratadi.
Natijada Özbekiston uçun ham turizm xizmati eksportini kengaytiriş, hududlar jozibadorligini oşiriş, mehmonxona biznesi, transport, umumiy ovqatlaniş va boşqa xizmat körsatiş tarmoqlarini rivojlantirişga yöl oçiladi.
Albatta, ID-karta bilan safarga çiqiş masalasi tegişli davlat qonunçiligi va özaro kelişuv asosida amalga oşadi. Demak, mazkur taşabbusning amaliy natijasi kelgusidagi huquqiy va taşkiliy mexanizmga boğliq.
TDT+: xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytiriş
Anqara sammitida ilgari surilgan muhim siyosiy-diplomatik taşabbuslardan biri “Turkiy davlatlar taşkiloti+” formatini yölga qöyişdir.
Prezident Şavkat Mirziyoyev uşbu ğoyasi bilan uçinçi davlatlar bilan tarmoq vazirlari darajasida uçraşuvlar taşkil etiş va savdo, transport, investitsiya kabi ustuvor yönalişlarda aniq qöşma loyihalar amalga oşirişga çaqirdi.
Bu taşabbus taşkilotning xalqaro hamkorlik imkoniyatini kengaytirişga qaratilgan.
Hozirgi şaroitda heç bir mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik platformasi taşqi dunyodan uzilgan holda samarali rivojlana olmaydi. Yaʼni, bugun xalqaro savdo, investitsiya, texnologiya va transport tizimi özaro çambarças boğlangan.
Demak, boşqa davlatlar va xalqaro hamkorlik tuzilmalari bilan amaliy aloqani rivojlantiriş TDT iqtisodiy salohiyatini oşirişi şubhasiz.
Ayni yondaşuv respublikamizning oçiq, pragmatik va muvozanatli taşqi siyosati tamoyiliga mos.
Umuman, TDT+ ğoyasi turkiy davlatlar xalqaro hamkorligi doirasini kengaytiriş, yangi şeriklar bilan iqtisodiy aloqani rivojlantiriş va özaro manfaatli loyihalar amalga oşiriş uçun qöşimça maydon vazifasini bajaradi.

Inson kapitali, taʼlim va ekologiya: uzoq muddatli taraqqiyot omillari
Turkiy davlatlar hamkorligini faqat iqtisodiy körsatkiç bilan baholaş töğri emas. Mazkur jarayonning uzoq muddatli samaradorligi inson kapitali, ilm-fan, taʼlim va ekologik barqarorlikka ham boğliq.
Şu maʼnoda davlatimiz rahbari Özbekiston turkiy davlatlar yoşlari uçun “Yangi Özbekiston stipendiyasi” dasturi doirasida har yili taʼlim granti ajratişga tayyorligini bildirişi alohida ahamiyatga ega.
Uşbu taşabbus yoşlar sifatli taʼlim olişi, öz ilmiy salohiyatini rivojlantirişi va kelgusida turkiy davlatlar iqtisodiy hamda texnologik hamkorligida faol iştirok etişi uçun imkoniyat yaratadi.
Zero, bugungi kunda davlatlar raqobatbardoşligi nafaqat tabiiy resurs va işlab çiqariş quvvati, balki malakali mutaxassislar, ilmiy izlaniş, innovatsion işlanmalar bilan ham belgilanadi.
Ekologik hamkorlik ham kelgusi taraqqiyotining muhim şartlaridan biridir.
Markaziy Osiyo va mintaqamizga tutaş hududlarda iqlim özgarişi, suv resurslari tanqisligi, çöllaniş va biologik xilma-xillik qisqarişi kabi muammolar tobora dolzarblik kasb etmoqda. Ayni jarayon davlatlar iqtisodiy rivoji, oziq-ovqat xavfsizligi va aholi turmuş sifatiga bevosita taʼsir körsatadi.
Şu bois mamlakatimizning 2027-yilni TDT doirasida “Tabiatni muhofaza qiliş yili” deb eʼlon qiliş taklifi qöllab-quvvatlangani mintaqaviy ekologik hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişi kutilyapti.
Bu yönalişda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, ekologik muammolarni birgalikda hal qiliş, çöllanişga qarşi kuraşiş va tabiiy ekotizimni muhofaza qilişga qaratilgan qöşma loyihalar muhim hisoblanadi.
Demak, taʼlim va ekologiya böyiça taşabbuslar taşkilot hamkorligining faqat bugungi iqtisodiy manfaatga emas, balki kelajak avlodlar taraqqiyoti va farovonligiga ham yönaltirilganini körsatadi.
Madaniy-gumanitar hamkorlik va Özbekistonning taşkilotdagi institutsional roli
Turkiy davlatlar taşkilotining öziga xosligi şundaki, tuzilma faoliyati umumiy tarixiy meros, til va madaniy qadriyatlarga asoslangan. Şu bois iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş bilan birga mavjud muştaraklikni asrab-avaylab, yangi avlodlarga yetkaziş ham muhim vazifa.
Anqara sammitida Prezident Şavkat Mirziyoyev turkiy xalqlarning umumiy til boyligini aks ettiruvçi “Muştarak turkiy sözlar luğati”ni yaratiş taşabbusini ilgari surdi.
Mazkur taklif turkiy tillar örtasidagi tarixiy va lingvistik yaqinlikni ilmiy asosda örganiş, umumiy söz boyligini tizimlaştiriş va madaniy aloqalarni mustahkamlaş uçun yangi imkoniyat yaratişi taʼkidlandi.
Şuningdek, Özbekiston taşabbusi bilan taʼsis etilgan Alişer Navoiy nomidagi xalqaro mukofot Qozoğistonda xizmat körsatgan madaniyat arbobi Dosen Kaseinovga topşirilişi ham muhim voqeadir.
Bularning bari munosabatlarning tarixiy va madaniy asosini mustahkamlaşi şubhasiz.
Ayni paytda anjumanning muhim institutsional natijalaridan biri Özbekiston vakili Mirvohid Azimov nomzodi TDT Boş kotibi lavozimiga qöllab-quvvatlanişi böldi. Uning taşkilot tizimidagi avvalgi faoliyati va xalqaro hamkorlik böyiça tajribasi kelgusida amaliy aloqalarni yanada rivojlantirişga xizmat qilişiga işonç bildirildi.
Şuningdek, navbatdagi sammit 2027-yil Özbekistonda ötkazilişi belgilandi. Bu mamlakatimiz uçun ustuvor taşabbuslarni yanada rivojlantiriş, hamkor davlatlar bilan muloqotni faollaştiriş, yangi qöşma loyihalarga turtki beriş nuqtai nazaridan muhim imkoniyatdir.
Anqara taşabbuslarining strategik mohiyati: imkoniyatlar
va istiqboldagi vazifalar
Anqara sammitida Özbekiston tomonidan ilgari surilgan taşabbuslarni umumlaştirilsa, mohiyatan bir-biri bilan uzviy boğliq uç strategik yönaliş mujassamlaşgani namoyon böladi.
Birinçi – iqtisodiy integratsiyani amaliy mazmun bilan boyitiş. Transport-logistika, sanoat kooperatsiyasi, investitsiya va turizm sohalaridagi takliflar turkiy davlatlar örtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş va özaro manfaatdorlikni oşirişga qaratilgan.
Ikkinçi – mintaqaning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi iştirokini kengaytiriş. Örta yölakni rivojlantiriş, TDT+ formatini yölga qöyiş va strategik minerallarni çuqur qayta işlaş turkiy davlatlarning xalqaro iqtisodiy jarayondagi imkoniyatini oşiradi.
Uçinçi – uzoq muddatli barqaror rivojlaniş uçun institutsional va insoniy asosni mustahkamlaş. Huquqiy hamkorlik, taʼlim granti, ekologiya taşabbuslari va madaniy aloqalar taşkilot faoliyati barqarorligini taʼminlovçi muhim omillardir.
Şu bilan birga taşabbuslarning barçasi amalga oşirilişi uçun qator amaliy masalalar hal etilişi lozim. Jumladan, loyihalarni moliyalaştiriş manbalarini aniqlaş, davlatlar örtasidagi texnik va bojxona tartibini muvofiqlaştiriş, huquqiy mexanizmlarni takomillaştiriş va ijro intizomini taʼminlaş zarur.
Ayniqsa, transport yölaklarini rivojlantirişda portlar, temir yöl tarmoqlari, çegara ötkaziş manzillari va logistika markazlari faoliyatini özaro muvofiqlaştiriş muhim ahamiyatga ega. Sanoat kooperatsiyasida esa loyihalar iqtisodiy samaradorligi, texnologik transfer va mahalliy işlab çiqariş zanjirlariga taʼsir asosiy mezon bölişi şart.
Demak, sammitda bildirilgan siyosiy iroda va taşabbuslarni aniq iqtisodiy natijaga aylantiriş kelgusi davrning muhim vazifasidir.
Xulosa: Özbekistonning mintaqaviy hamkorlikdagi strategik pozitsiyasi
Anqara sammiti natijalari Özbekistonning Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi faol va taşabbuskor pozitsiyasini yana bir bor namoyon etdi. Muhimi, ilgari surilgan takliflar nafaqat tarixiy-madaniy yaqinlikni mustahkamlaş, balki mavjud iqtisodiy munosabatlarni yangi mazmun bilan boyitişga qaratilgan.
Özbekiston uçun TDT, eng avvalo, xalqaro iqtisodiy aloqalarni diversifikatsiya qiliş, yangi bozorlarni özlaştiriş, transport imkoniyatini kengaytiriş va investitsiya hamkorligini rivojlantiriş uçun muhim köp tomonlama platformadir.
Bunda bir muhim jihatni taʼkidlaş joiz: turkiy davlatlar hamkorligi rivojlanişi boşqa xalqaro taşkilotlar yoki hamkorlik mexanizmiga muqobil tuzilma yaratişdan köra, mavjud xalqaro iqtisodiy va diplomatik aloqalarni töldiriş, yangi imkoniyatlarni işga soliş maqsadi bilan ahamiyatli.
Özbekiston taşqi siyosatidagi oçiqlik, pragmatizm va köp tomonlama hamkorlik tamoyili ham şunday yondaşuvni taqozo etadi.
2027-yil navbatdagi sammit yurtimizda ötkazilişi mamlakatimiz zimmasiga muhim taşkiliy va siyosiy masʼuliyat yuklaydi. Endi Anqarada ilgari surilgan taşabbuslar ijrosini taʼminlaş, qöşma loyihalarni amaliy bosqiçga olib çiqiş, hamkor davlatlar bilan muvofiqlaştirilgan faoliyatni kuçaytiriş muhim.
Zero, xalqaro hamkorlikning haqiqiy samarasi qabul qilingan deklaratsiyalar yoki ilgari surilgan taşabbuslar soni emas, balki natija ölaroq yaratilgan yangi korxonalar, kengaygan savdo aloqalari, rivojlangan transport yönalişlari, yangi iş örinlari va fuqarolar farovonligiga qöşilgan hissa bilan ölçanadi.
Anqara sammitining Özbekiston uçun strategik ahamiyati ham aynan şunda: mamlakatimiz umumiy tarix va madaniyatga asoslangan hamkorlikni zamonaviy iqtisodiy manfaat, texnologik taraqqiyot va mintaqaviy barqarorlik bilan uyğunlaştirişga intilmoqda.
Mirhabib Sayfullayev, ÖzA muxbiri