Toşkentda tugatilgan suv havzalari hamda yaşil hududlarni qayta tiklaş işlari olib borilmoqda
Toşkent şahri jadal urbanizatsiya va iqlim özgarişi davrini boşdan keçirayotgan bugungi kunda aholi uçun qulay va soğlom ekologik muhit yaratiş eng dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Mazkur yönalişda poytaxtimizda, xususan, Çilonzor tumanida «Toza havo» umummilliy loyihasi doirasida yangi sunʼiy köl va yaşil dam oliş maskani barpo etilayotgani şahar ekotizimi uçun muhim buriliş nuqtasi böldi.
Şahar markazidagi bunday suv havzalari şunçaki çiroyli manzara yoki hordiq maskani emas, balki mahalliy mikroiqlimni mötadillaştiruvçi, havoni çang va ifloslanişlardan tozalovçi hamda aholining jismoniy va ruhiy soğliğini tiklaşga xizmat qiluvçi ulkan tabiiy filtrdir.
Şu sababli, Toşkent şahrida yangi sunʼiy köllar va yaşil hududlarni taşkil etiş, şuningdek, avval mavjud bölgan, biroq vaqt ötişi bilan yöqolgan yoki tugatilgan suv havzalari hamda yaşil hududlarni qayta tiklaş böyiça izçil işlar olib borilmoqda.
Uşbu aholi va şahar mehmonlari uçun yangi dam oliş maskani loyihasi Toşkent şahar hokimligining “Yagona buyurtmaçi xizmati” injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida amalga oşirilmoqda. Loyihaning umumiy maydoni 23 ming kvadrat metr (2,3 gektar) bölib, şundan 18 700 kvadrat metri sunʼiy köl uçun ajratilgan. Kölning suv siğimi qariyb 37 400 kub metrni taşkil etadi.
Loyiha doirasida hududni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, 150 tup yangi daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Şuningdek, dam oluvçilar uçun umumiy uzunligi 4 600 metr bölgan piyodalar va veloyölaklar, 2 ta favvora hamda boşqa zarur infratuzilma taşkil etiş közda tutilgan.
Loyihaning öziga xos meʼmoriy yeçimlaridan biri köl hududida örnatilişi rejalaştirilayotgan 30 metr balandlikdagi aylanuvçi arkali ramziy darvozadir. Uşbu inşootning meʼmoriy konsepsiyasini şakllantirişda italiyalik mutaxassislarning dastlabki takliflari ham örganilgan. Mazkur ğoyalar mahalliy mutaxassislar tomonidan qayta işlab çiqilib, hududning öziga xos xususiyatlari va loyiha talablariga moslaştirildi.
Loyihaçi “Lider Prof Proyekt” MÇJ mutaxassislari tomonidan arkali inşootning murakkab konstruktiv va mexanik yeçimlarini işlab çiqişda xorijiy, jumladan, xitoylik mutaxassislar bilan texnik hamkorlik imkoniyatlari ham körib çiqilmoqda.
Şuningdek, dastlabki loyiha yeçimlarida arkali inşoot içida ikkita lift joylaştiriş imkoniyati ham nazarda tutilgan. Yangi maskanning "Magic City" va Milliy boğga tutaş joylaşuvi uni nafaqat yaqin mahallalar aholisi, balki poytaxtning boşqa hududlaridan keluvçi fuqarolar va sayyohlar uçun ham jozibador dam oliş manziliga aylantirişi kutilmoqda.
Loyiha foydalanişga topşirilgaç, uşbu maskanga kuniga 3 ming nafargaça taşrif bölişi kutilmoqda. Yangi dam oliş hududi aholining böş vaqtini mazmunli ötkazişi, oilaviy hordiq çiqarişi, sayr qilişi va sport bilan şuğullanişi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratişga qaratilgan.
Loyihani amalga oşirişda, eng avvalo, aholi uçun qulay va xavfsiz muhit yaratiş, tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş hamda ekologik barqarorlikni taʼminlaşga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Sunʼiy köl, yaşil hududlar, zamonaviy meʼmoriy yeçimlar va sayr yölaklarini özida birlaştirgan uşbu maskan Toşkentning navbatdagi jozibador göşalaridan biriga aylanişi kutilmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA