TDYUUda yoşlar muloqoti: taşabbuslar va işonç yorliqlari
Bugun mamlakatimizda yoşlarning intellektual salohiyatini röyobga çiqariş va ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biriga aylandi. Bu borada navqiron avlod vakillari, ayniqsa, bölajak huquqşunoslar bilan töğridan-töğri, oçiq muloqotlarni yölga qöyiş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu nuqtai nazardan, Toşkent davlat yuridik universitetida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi Xayrulla Sattorov hamda TDYUU rektori Baxşillo Xöjayev iştirokida talabalar bilan ötkazilgan oçiq muloqot qizğin bahs-munozaralar va yangi taşabbuslarga boy böldi.

Uçraşuvda talabalarning fikr-mulohazalari, taklif va taşabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollar muhokama qilindi.
Yoşlarning intilişlarini qöllab-quvvatlaş, taşabbuslarini amalga oşiriş hamda universitet hayotidagi faol iştirokini kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Tadbir doirasida universitetdagi Özbekiston yoşlar ittifoqi boşlanğiç taşkiloti koordinatorlariga tantanali ravişda işonç yorliqlari topşirildi.

Koordinatorlarga yoşlar manfaatlarini himoya qiliş, talabalarni birlaştiriş va ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş yölidagi masʼuliyatli faoliyatida muvaffaqiyat tilandi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA