Toşkentda ot sportining polo turi böyiça Özbekiston kubogi bahslari boşlandi
Mamlakatimizda ot sportini ommalaştiriş, qadimiy çavandozlik anʼanalarini zamonaviy sport turlari bilan uyğun holda rivojlantiriş yölidagi izçil islohotlarning mantiqiy davomi sifatida Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Özbekiston polo federatsiyasi hamkorligida ot sportining polo turi böyiça ayollar va erkaklar örtasida Özbekiston kubogi musobaqasiga start berildi.
Mazkur musobaqa mamlakatimizda ot sportini, xususan, polo yönalişini yanada rivojlantiriş, yoşlar örtasida uşbu sport turiga bölgan qiziqişni oşiriş, iqtidorli sportçilarni aniqlaş hamda çavandozlik maktablari faoliyatini qöllab-quvvatlaş maqsadida taşkil etildi.

Nufuzli sport tadbirida Milliy gvardiya tizimidagi Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi Çavandozlar maktablari polo jamoalari özaro kuç sinaşmoqda. Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan jami 160 nafar sportçi iştirok etmoqda.

Şundan 75 nafari qizlar, 85 nafari esa öğil bolalardan iborat. Bu esa musobaqada yoş sportçilarning, xususan, qizlarning ham polo sportiga bölgan qiziqişi va faolligi ortib borayotganidan dalolat beradi. Bellaşuvlar davomida iştirokçilar özlarining çavandozlik mahorati, tezkorligi, jamoaviy hamkorligi, çaqqonligi hamda taktik tayyorgarligini namoyiş etiş imkoniyatiga ega böladi.

Polo sporti nafaqat jismoniy çiniqiş, balki yuqori darajadagi muvofiqlik, tezkor qaror qabul qiliş, özaro hamjihatlik va masʼuliyatni ham talab etadi. Mazkur musobaqa yoş avlodni jismonan soğlom, irodali va faol etib tarbiyalaş, milliy çavandozlik anʼanalarini asrab-avaylaş hamda xalqaro maydonlarda yurtimiz şarafini munosib himoya qila oladigan iqtidorli polo sportçilarini yetiştiriş yölidagi muhim sport tadbirlaridan biri hisoblanadi.

Özbekiston kubogi doirasidagi bellaşuvlar iştirokçilarga öz mahoratini namoyiş etiş, tajriba almaşiş va yangi marralar sari intiliş uçun munosib imkoniyat yaratmoqda.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA