Özbek va jahon futbolidagi muhim voqealar
Futbol olamidagi muhim voqealar qisqa satrlarda.
Futbol böyiça Elit Osiyo çempionlar ligasining 5-turida «Neftçi» 23-noyabr kuni öz maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubini qabul qilsa, «Paxtakor» şu kuni Jidda şahrida «Al-Ittihod» mehmoni böladi. Uçraşuvlar Toşkent vaqti bilan soat 18:45 va 23:15 da boşlanadi. Ötgan tört tur yakunidan söng, «Neftçi» 4 oçko bilan 9-örinni, «Paxtakor» esa 2 oçko bilan 14-örinni egallab turibdi.
***
U19 yoş toifasida Özbekiston çempionatining final bahsida «Paxtakor» klubi «Nasaf» ustidan 1:0 hisobida zafar quçdi. Uçraşuvdagi yagona golni 13-daqiqada Asadbek Şuhratov kiritdi. Uçinçi örin uçun keçgan bahsda «Respublika FA» 2:0 hisobida «Maşʼal» jamoasidan ustun keldi. Şu tariqa, «Paxtakor» mamlakat çempioniga aylangan bölsa, kumuş medal «Nasaf»ga, bronza esa «Respublika FA» klubiga nasib etdi.
***
“Globe Soccer Awards” mukofotida yilning eng yaxşi murabbiyi nominatsiyasi böyiça daʼvogarlar röyxati eʼlon qilindi. Undan Mikel Arteta, Kristian Kivu, Unai Emeri, Luis Enrike, Sesk Fabregas, Xansi Flik, Pere Romeu, Vensan Kompani, Luis de la Fuente va Lionel Skaloni örin oldi. Muxlislar 18–30-noyabr kunlari nomzodlar uçun ovoz berişlari mumkin. Ğolib 28-dekabr kuni Birlaşgan Arab Amirliklarida ötkaziladigan taqdirlaş marosimida maʼlum böladi.
***
«Championat.asia» naşri tarqatgan maʼlumotga köra, 2027-yilgi Superliga mavsumida «Adidas» örniga «Puma» töplaridan foydalaniladi. Ayni paytda mazkur brend töplari Angliya Premer-ligasi, Ispaniya La Ligasi va Italiya A Seriyasida ham qöllanilmoqda.
***
Xitoyda milliy terma jamoaga çaqirilgan futbolçilarning maydonda körinib turadigan tatuirovkalarini maxsus tana rangidagi yenglar bilan berkitiş talabi yanada qatʼiylaştirildi. Mazkur çeklov milliy terma jamoa öyinlariga taalluqli bölib, içki çempionatlarda hozirça amal qilmaydi. Qaror mamlakatda sportçilarning taşqi körinişiga doir talablarni kuçaytiriş siyosati doirasida qabul qilingani taʼkidlanmoqda.
***
Portugaliyalik futbol agenti Migel Alfonso Kriştianu Ronalduning milliy terma jamoadagi faoliyati yakunlanişi federatsiya uçun moliyaviy qiyinçiliklarni keltirib çiqarişi mumkinligini bildirdi. Uning taʼkidlaşiça, 2030-yilgi jahon çempionatiga qadar yöqotişlar taxminan 85 million yevroga yetişi mumkin. Şuningdek, agent terma jamoada yangi yetakçini şakllantiriş zarurligini qayd etdi.
***
«Real» hujumçisi Kilian Mbappe 24-noyabr kuni “PSV” jamoasiga qarşi ötadigan uçraşuvda gol ursa, Çempionlar ligasidagi gollari sonini 75 taga yetkazadi. U bu natijaga 27 yoşu 339 kunligida erişişi mumkin. Mazkur marraga yoş jihatidan eng erta erişgan futbolçi Lionel Messi hisoblanadi. Argentinalik yulduz 75-golini 27 yoşu 169 kunligida urgan.
***
Yevropa klublari ittifoqi UYEFA va Yevropa futbol klublari uyuşmasi örtasidagi hamkorlik kelişuvini tekşiriş yuzasidan Yevropa komissiyasiga murojaat qildi. Ittifoq fikriça, mazkur kelişuv ayrim yetakçi klublarga yevrokuboklarga yöllanmalar, musobaqalar taqvimi va daromadlarni taqsimlaş bilan boğliq qarorlarda ustunlik berişi mumkin. Şu bois Yevropa komissiyasidan kelişuvning raqobat qoidalariga muvofiqligini baholaş söralgan.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA