Toshkentda gullar festivali boshlandi
Poytaxtimizda "Tashkent flowers fest — 2026" gullar festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Toshkent shahar hokimligi va qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan festivalda ajoyib gullar ko‘rgazmasi, taniqli san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturlari, badiiy jamoalar chiqishlari, turli interaktiv ko‘ngilochar dasturlar va milliy taomlar ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda.
[gallery-29280]
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maydonida tashkil etilgan festivalda mahalliy va xorijiy sayyohlar ham ishtirok etmoqda.
Mazkur festival 9-mayga qadar davom etadi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA