XDP: yoshlar bilan uchrashuv
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan “Rahbar va yoshlar” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Nukus shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi vakillari, partiyaning “Yoshlar qanoti” a’zolari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirdan maqsad, rahbar va yoshlarning muloqotini tashkil etish, yoshlarni qonun ijodkorligi jarayoniga keng jalb qilish, ularning tashabbuslari va takliflarini olish, yoshlarning siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, partiya safiga jalb qilish va partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini tushuntirishdan iboratdir.
Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ulardan o‘z vaqtida to‘g‘ri foydalanayotgan yoshlarning bugungi yutuqlari, shuningdek, partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari haqida tushunchalar berildi.

Shu bilan birga, qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun berilgan qo‘shimcha kvota, shuningdek, ayol-qizlar uchun berilgan imtiyozlar orqali talaba bo‘lganlar o‘z fikrlarini bildirdi va Orolbo‘yi yoshlariga shunday imkoniyatlar yaratib berilgani uchun Prezidentimizga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Uchrashuvda partiya safiga yangi qabul qilingan bir qator yoshlarga partiyaning a’zolik guvohnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA