Toshkentda 5 ta davlat gandbol jamoalari kuch sinashmoqda
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” o‘yin sport turlari majmuasida gandbol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida “IHF Nations Trophy” xalqaro turniri boshlandi.
Beshta davlat milliy terma jamoalari ishtirokida o‘tayotgan turnirning ilk bahslarida Turkmaniston-Pokiston, O‘zbekiston-Tojikiston jamoalari to‘qnash keldi.

Kecha o‘tkazilgan birinchi kungi o‘yinning dastlabki uchrashuvida Turkmaniston terma jamoasi pokistonlik gandbolchilar ustidan g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkinchi bahsda O‘zbekiston terma jamoasi Tojikiston terma jamoasini katta ustunlik bilan mag‘lub etdi.

Bugun, 14-oktabr kuni xalqaro turnirning ikkinchi kungi o‘yin dasturida O‘zbekiston terma jamoasining gandbolchi qizlari Pokiston bilan o‘yin o‘tkazadi.
Musobaqalar 17-oktabrga qadar davom etadi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA