Toşkent şahar hokimi boşçiligidagi delegatsiya Sietlda qator uçraşuvlar ötkazdi
Şu kunlarda Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov boşçiligidagi delegatsiya aʼzolari AQŞning Vaşington ştatidagi Sietl şahrida bölib turibdi.
Toşkent şahar hokimligi maʼlumotiga köra, yurtimiz bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Sietl şahridagi binolar va inşootlar mamlakatimiz Davlat bayroği ranglarida yoritildi.

Toşkent va Sietl 1973-yilda birodarlaşgan şaharlarga aylangan, oradan bir yil ötib esa Kepitol-Xill dahasida “Toşkent” boği barpo etilgan. Bugungi kunda bu yerda mahalliy aholi sayr qiladi. “Toşkent boği döstlari” guruhi aʼzolari esa boğni parvarişlab, uning tarixini asrab-avaylab kelmoqda.

Delegatsiya mazkur boqqa taşrif buyurib, guruh vakillari bilan uçraşdi. Taşrifning navbatdagi manzili 2026-yilgi futbol böyiça Jahon çempionatining oltita uçraşuvi bölib ötgan “Lumen Field” stadioni böldi. Arena mutaxassislari bunday yirik miqyosdagi musobaqalarni ötkaziş tajribasi bilan örtoqlaşdi. Ular yirik sport tadbirlari yil davomida majmuaning bandligiga taʼsir körsatişi hamda arenaning umumiy taqvimida öyinlar, boşqa sport bellaşuvlari, festivallar, konsertlar va oilaviy tadbirlar özaro qanday birlaşişi haqida gapirib berdi.

Taşrifning madaniy dasturi doirasida Toşkent delegatsiyasi Osiyo jahon kinofestivali taşkilotçilari bilan uçraşdi. Hamkasblarini Toşkent xalqaro kinofestivaliga taklif etiş Toşkent delegatsiyasi uçun katta şaraf böldi. Sietldagi uçraşuvlarda, şuningdek, “Toşkent — festivallar şahri” taşabbusi doirasida poytaxtimizda festival industriyasini rivojlantiriş böyiça hamkorlik qiliş va xalqaro tajribani jalb etiş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA