Istedodli jurnalist, tanti inson edi
Inson umrining ölçovi faqat yaşagan yillari bilan belgilanmaydi. Uning hayotda qoldirgan izi, el-yurt xotirasida saqlanib qolgan ezgu işlari, yaratgan ijodi va tarbiyalagan şogirdlari bilan ham ölçanadi. Bu maʼnoda maşhur fotojurnalist Tohir Hamroqulovning hayoti va ijodiy faoliyati ibratlidir.
Fotosurat — bu şunçaki bir lahzani tasvirga muhrlaş emas. Unda voqeaning ruhi, insonning içki keçinmalari, davr nafasi, tarixning muayyan bir parçasi mujassam böladi. Tohir aka ana şu haqiqatni yaxşi anglagan holda ijod qilardi.
U ijodi davomida hayotning turli manzaralarini, insonlar taqdirini, yurtimizdagi özgariş va yangilanişlarni aks ettirişga harakat qildi. U suratga olgan har bir tasvirda ijodkorning munosabati, kuzatuvçanligi va kasbiga bölgan mehri sezilib turardi.
Tohir Hamroqulovning yana bir muhim fazilati — u faqat fotomuxbirlik bilan çeklanib qolmadi. Zamonaviy axborot makonida televideniyening örnini anglab, öz taşabbusi bilan «Bağdod TV»ga asos soldi. Bu ham uning yangilikka intiluvçanligi, taşabbuskorligi va öz hududida axborot muhitini rivojlantirişga bölgan intilişidan dalolat beradi.
Ayniqsa, tuman miqyosida televideniye taşkil etiş, uning ijodiy va texnik faoliyatini yölga qöyiş oson iş emas. Buning uçun fidoyilik, taşkilotçilik, qatʼiyat va eng muhimi, odamlarga yetkazadigan gap bölişi kerak. Tohir aka ana şu masʼuliyatni öz zimmasiga olgan insonlardan edi. Uning mehnati munosib eʼtirof etilgani, Özbekiston Oliy Majlisi deputatligiga saylangani, «Oltin qalam» milliy mukofoti sovrindori bölgani ham bejiz emas.
Bugun Boğdodda Tohir Hamroqulov xotirasi va u asos solgan “Vodiy TV”ning 30 yilligi munosabati bilan anjuman bölib ötdi. Unda Farğona viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning tabrigi öqib eşittirildi va sovğalar taqdim etildi.
Anjumanda Özbekiston xalq şoiri Iqbol Mirzo, Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi, Özbekiston milliy media assotsiatsiyasi, “Xalq sözi” – “Narodnoe clovo” gazetalari rahbar va vakillari, Andijon va Namangan viloyatlari ijodkorlari, keng jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.
[gallery-32613]
– Tohir Hamroqulov nafaqat isteʼdodli ijodkor, balki öz kasbiga butun umrini bağişlagan, hayotga öziga xos nigoh bilan qaray olgan, har bir voqea va hodisaning mazmun-mohiyatini fotoobʼektiv orqali körsata bilgan inson edi, – dedi sözga çiqqanlar.
Ekranda Tohir Hamroqulov hayoti va ijodiga bağişlangan videotasvirlar namoyiş etildi. Iştirokçilar “Vodiy TV” faoliyati bilan ham tanişdilar.
Inson bu dunyodan ketadi, ammo, uning mehnati, ezgu amallari, ijodi qoladi. Ayniqsa, fotojurnalistning taqdirida bu haqiqat yanada yaqqol namoyon böladi. Çunki u hayotdagi lahzalarni kelajak avlod uçun saqlab qoladi. Bugun Tohir aka oramizda yöq, ammo, u muhrlagan lahzalar, yaratgan ijodiy meros va yaxşi nomlar biz bilan hamişa birga.
Muhammadjon Obidov,
Elyor Olimov,
ÖzA muxbirlari