Toşkent-Duşanbe: «Aqlli şahar» texnologiyalari sohasida hamkorlik rivojlanmoqda
Toşkent şahar hokimi örinbosari A.Dösmuhamedov hamda Duşanbe şahri Ijroiya hokimiyat organining “Aqlli şahar” boşqarmasi rahbari S.Samadzod örtasida ikki tomonlama uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda ikki poytaxt örtasida raqamli texnologiyalarni joriy etiş, şahar boşqaruvi samaradorligini oşiriş va özaro tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Toşkent şahar hokimi örinbosari A.Dösmuhamedov poytaxtda turli sohalarni raqamlaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan loyihalar va erişilgan natijalar yuzasidan taqdimotlar ötkazdi. Duşanbe şahri vakili S.Samadzod Toşkentda raqamlaştiriş yönalişida olib borilayotgan işlarni yuqori baholab, uşbu tajribani örganiş va hamkorlikdagi loyihalarni amalga oşirişga qiziqiş bildirdi.

Xususan, hamkorlikda quriliş va kommunal xizmatlarni raqamlaştiriş, bozorlar va avtoturargohlar faoliyatini tartibga soliş, transport oqimlarini boşqariş, kiberxavfsizlikni taʼminlaş, startap loyihalarni qöllab-quvvatlaş, yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş, şaharni kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşiriladi.

Şuningdek, Toşkentning raqamli rivojlaniş borasidagi tajribasini bevosita örganiş maqsadida Duşanbe şahrining “Aqlli şahar” boşqarmasi vakillaridan iborat işçi guruhni Toşkentga yuboriş masalasi muhokama qilindi.
Öz navbatida, Toşkent şahar hokimi örinbosari boşçiligidagi Raqamli rivojlaniş departamenti vakillarining Duşanbega taşrifini taşkil etiş, tajriba almaşiş hamda hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilaş taklif etildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar Toşkent va Duşanbe örtasida raqamli rivojlaniş sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça kelişuvga erişdi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA