Kasaba uyuşmalari xodimlari taqdirlandi
Samarqandda Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni munosabati bilan bayram tadbiri ötkazildi.
Unda viloyatdagi kasaba uyuşmalari taşkilotlari xodimlari va faxriylar, davlat va jamoat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Samarqand viloyat hokimi örinbosari Rustam Qobilov, “Işonç” va “Işonç-Doveriye” gazetalari boş muharriri, Oliy Majlis Senati aʼzosi Husan Ermatov va boşqalar kasaba uyuşmalari xodimlarini bayram bilan tabriklab, ularning jamiyat hayotidagi örni, işçi-xizmatçilar manfaatlarini himoya qiliş, moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş borasidagi xizmatlarini eʼtirof etdilar.

– Bugun Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi va uning tizimidagi barça taşkilotlar Yangi Özbekistondagi islohotlarning faol iştirokçisiga aylandi, – dedi Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasining Samarqand viloyat kengaşi raisi Suhrob Rafiqov. – Prezidentimiz taşabbuslari bilan 11-noyabr “Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni” deb belgilanişi faoliyatimizni yanada kuçaytirişga turtki böldi. Bugungi kunda viloyatimizda 4200 dan ortiq boşlanğiç taşkilotimiz öz safida 800 ming nafar aʼzoni birlaştirib turibdi. Ularning bevosita iştiroki bilan korxona va taşkilotlardagi 74 nafar xodimning buzilgan mehnat huquqlari tiklandi hamda 1 milliard 138 million söm mablağ undirilişiga erişildi. Federatsiya taşabbusi bilan davlat organlari, iş beruvçilar birlaşmalari va kasaba uyuşmalari vakillaridan iborat ijtimoiy-mehnat masalalari böyiça uç tomonlama komissiyalar tuzilib, ular faoliyati kölami kengayib bormoqda. Yoş xodimlarning taşabbus va qiziqişlarini yaqindan örganiş hamda ularning rahbariyat bilan töğridan-töğri oçiq muloqotini yölga qöyiş maqsadida 55 marotaba “Rahbar va yoş xodimlar” hamda “Rahbar va yoşlar” uçraşuvlari taşkil etildi.

“Yangi Özbekiston böylab sayohat qil!” şiori ostida içki turizmni rivojlantirişga kömaklaşiş maqsadida 40 mingga yaqin işçi-xodimlar va ularning oila aʼzolari mamlakatimizning tarixiy şaharlari hamda diqqatga sazovor joylarga sayohatga olib borildi. Bundan taşqari, xodimlarning böş vaqtini mazmunli ötkazişlari uçun konsert va teatr tomoşalari, muzey va madaniyat maskanlariga taşriflar amalga oşirilmoqda.

Bayram tadbirida viloyat kasaba uyuşmalari kengaşi va uning tizimidagi taşkilotlar xodimlaridan bir guruhiga Samarqand viloyat hokimligi hamda viloyat kengaşining faxriy yorliq va esdalik sovğalari topşirildi.
Ğ.Hasanov,
ÖzA muxbiri