Tosh ko‘tarish: Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz muvaffaqiyatga erishdi
Qozog‘istonning Mang‘istov viloyati Oqtou shahrida tosh ko‘tarish bo‘yicha poyoniga yetgan Osiyo chempionatida hamyurtlarimiz 18 ta medalga egalik qildi.
Yigirmaga yaqin davlatdan 300 nafarga yaqin sportchi qatnashgan ushbu nufuzli musobaqa tosh ko‘tarishning "uzun davri", "dast ko‘tarish", "siltab ko‘tarish" yo‘nalishlarida tashkil etildi.
O‘zbekiston Bahodirlar o‘yinlari va tosh ko‘tarish federatsiyasiga tegishli sportchilar qatnashgan murosasiz bahslarda hamyurtlarimiz 10 ta oltin, 6 ta kumush, 2 ta bronza medallariga ega chiqdi.
Musobaqalarda mahoratli sportchilarimizdan M.Sunnatov, Sh.Sodiqov, X.Saidnazarov, M.Hamdamov, J.Hudoyqulov, B.Ataqulov, J.Qurbonov, B.Toshquvvatov o‘z yo‘nalishlarida oltin medallarni qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA