Törtkölda “Profilaktika inspektori boği” barpo etilmoqda
Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumani böylab davom etayotgan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalardagi profilaktika inspektorlari ham hududlarni kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş işlariga munosib hissa qöşmoqdalar.
Xususan, “Ulluboğ” ovul fuqarolar yiğini hududida “Profilaktika inspektori boği”ni taşkil etiş maqsadida hududning iqlim şaroitiga mos turli mevali daraxt köçatlari ekildi.

Uşbu ezgu taşabbus mahallada ekologik muhitni yaxşilaş, yaşillik darajasini oşiriş bilan bir qatorda, osoyiştalik posbonlarining xalq bilan yanada yaqinlaşişiga va kelajak avlod uçun fayzli maskanlar yaratişga xizmat qiladi.
Mahalla obodligi yölidagi xayrli işlar tumanning boşqa hududlarida ham davom etmoqda.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri