Gazlaştirilmagan hududlarda elektr energiyasi uçun bazaviy meʼyor 350 kVt soatga oşiriladi
Qayd etilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-oktabrdagi 601-son qaroriga muvofiq, belgilangan röyxatga kiritilgan xonadonlar isitiş mavsumida oyiga 350 kVt·soatgaça elektr energiyasidan 1 kVt·soat uçun 650 sömlik bazaviy tarif asosida foydalanişi mumkin.
Hozirda "Hududgaztaʼminot" AJ tomonidan şakllantirilgan hududlar röyxati mahalliy hokimliklar bilan kelişilmoqda. Tasdiqlangan maʼlumotlar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJga taqdim etilib, billing tizimiga kiritilmoqda. Uşbu jarayonni 25-noyabrga qadar yakunlaş rejalaştirilgan.
Yangi tartibdan foydalaniş uçun fuqarolardan ariza yoki qöşimça hujjat talab etilmaydi. Şuningdek, elektr va gaz taʼminoti idoralariga murojaat qiliş ham şart emas. Meʼyor tasdiqlangan röyxat asosida tegişli xonadonlarga avtomatik ravişda qöllaniladi.
Mazkur tartib 1-noyabrdan amal qilayotgani bois, röyxatga kiritilgan xonadonlarning noyabr oyidagi elektr energiyasi isteʼmoli ham yangi meʼyor asosida hisob-kitob qilinadi.
Masalan, bir oyda 300 kVt·soat elektr energiyasi sarflagan xonadon avvalgi meʼyor böyiça 220 ming söm tölaşi kerak bölgan bölsa, yangi tartibga köra bu summa 195 ming sömni taşkil etadi. Natijada isteʼmolçining xarajati 25 ming sömga kamayadi.
Taʼkidlanişiça, hududlar va xonadonlar röyxatini şakllantiriş, maʼlumotlarni billing tizimiga kiritiş hamda tölovlarni yangi meʼyor asosida hisoblaş işlari Energetika vazirligi, tegişli taşkilotlar va mahalliy hokimliklar tomonidan amalga oşiriladi.
Nasiba Ziyodullayeva, ÖzA