Özbekiston mahsulotlari Şanxay xalqaro import körgazmasida namoyiş etildi
Şanxay şahrida IX Xitoy xalqaro import körgazmasi (CIIE 2026) bölib ötmoqda. Jahon iqtisodiyotining eng nufuzli va yirik savdo-iqtisodiy platformalaridan biri bölgan uşbu tadbir bu yil ham dunyo davlatlari qatorida Özbekiston uçun ham öz eksport salohiyatini namoyiş etiş uçun keng imkoniyatlar eşigini oçdi.
«Made in Uzbekistan» brendi ostida taşkil etilgan milliy pavilonda mamlakatimizning yetakçi tarmoqlari bilan bir qatorda, özbek milliy madaniyati va qadriyatlarini özida mujassam etgan hunarmandçilik mahsulotlari ham xorijlik investorlar va xaridorlar eʼtiborini tortmoqda. Xususan, yurtimizdan taşrif buyurgan tört nafar mahoratli hunarmandning iştiroki özbek amaliy sanʼatining jahon bozoridagi nufuzini yana bir bor namoyiş etmoqda.

Mazkur xalqaro körgazma 162 ta davlat, hudud va xalqaro taşkilot vakillarini, 4 ming 142 ta xorijiy kompaniyani birlaştirgan yirik xalqaro savdo maydoni hisoblanadi. Körgazmada hunarmandlarimiz milliy hunarmandçilik namunalari, asrlar davomida şakllanib kelgan anʼanalarimiz va xalqimizning boy madaniy merosini xalqaro jamoatçilik eʼtiboriga havola etdi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA