Tomorqadan yiliga uch marta hosil olinmoqda
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumani “Aqjap” ovul fuqarolar yig‘inda yashovchi fuqaro Aytboy Tilevimbetov tomorqadan unumli foydalanayotgan omilkorlardan.
U o‘z xonadoni tomorqasida kartoshka, piyoz, karam, sabzi kabi sabzovat va poliz ekinlaridan yil davomida uch marta hosil oladi. Omilkor ayniqsa, kartoshka yetishtirishdagi tajribasi bilan e’tiborga tushgan. U har yili 25-30 sotix maydonda kartoshka yetishtirib, yuqori navli hosil evaziga, oila byudjetiga 25-30 million so‘m daromad kiritmoqda. Bundan tashqari 5,5 sotix maydondagi bog‘dan olma, o‘rik, nok, olxo‘ri, uzum kabi meva yetishtiradi.
[gallery-29712]
Xonadon bekasi Bog‘dagul opa esa farzandlari, kelinlari va nevaralari bilan yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay, yig‘ib-terib bozorga chiqaradi.
Maqsad HABIBULLAEV(surat),O‘zA