Toktogul suv omborida tungi reyd: tör va qayiqlar olib qöyildi
Qirğiziston Ekologik va texnik nazorat xizmati Toktogul suv ombori hududida baliq zaxirasini asraş va noqonuniy harakatlarning oldini oliş maqsadida tun-u kun reyd ötkazmoqda. "Kabar" agentligi muxbirlari yöriqçilar harakatiga voqea joyida guvoh bölişdi.
Mutaxassislar aytişiça, idoraga brakonerlar tunda tör qöyib, “ov”ni tongga yaqin olib çiqib ketayotgani haqida maʼlumot kelib tuşgan. Şundan söng Barçin va Jani-Ariq uçastkalarida tekşiruv taşkil etilgan.
Tadbir davomida qoida buzarlik harakatlari aniqlanib, 400 metr uzunlikdagi baliq ovlaş töri suvdan çiqarib olingan. Bundan taşqari noqonuniy faoliyat uçun foydalanilgan bir qayiq ham olib qöyilib, tegişli tartibda rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, qirğoq böyida baliq ovlayotgan fuqarolar nazoratdan ötkazilib, ularga uvuldiriq soçiş mavsumi davom etayotgani tuşuntirilgan. Ayni payt baliq ovlaş tabiatga jiddiy zarar yetkazişi, qolaversa bunday amaliyot uçun qonun doirasida javobgarlik nazarda tutilgani haqida ogohlantiriş berilgan.
A.Mamatov, ÖzA