Matbuot xalqlar örtasidagi döstlik köprigidir
Buyuk Ipak yöli Şarq va Ğarb sivilizatsiyalarini bir-biriga boğlab, Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasidagi çuqur tarixiy aloqalarni asrab kelmoqda. Ommaviy axborot vositalari xalqlar örtasida özaro anglaşuvni mustahkamlaş, muloqotni rivojlantiriş va hamkorlikni çuqurlaştirişga xizmat qiluvçi muhim köprik hisoblanadi.
2026-yil 10-noyabrda Şinjonning Koramoy şahrida “Xitoy – Markaziy Osiyo mamlakatlari ommaviy axborot vositalari vakillarining forumi” bölib ötdi.

Unda teng huquqlilik, özaro işonç, bir-biridan örganiş va tajriba almaşiş tamoyillariga amal qilgan holda, ommaviy axborot vositalari örtasida muntazam hamkorlik va axborot almaşinuvi mexanizmlarini yaratiş, Koramoy hamda Markaziy Osiyo şaharlari haqidagi axborotlarni özaro tarqatişga, ularning ovozini keng jamoatçilikka yetkazişga kömaklaşiş masalalari körib çiqildi.

Konferensiya işida Özbekiston, Qirğiziston, Tojikiston, Qozoğiston OAVlari va jurnalistik taşkilotlari rahbar hamda vakillari iştirok etmoqda.

Maʼlumki, OAVlardagi yangiliklar, fotosuratlar, videomateriallar va turli tillardagi axborot resurslari almaşinuvini faollaştiriş, jurnalistlar uçun qöşma mavzuli safarlar va tanişuv taşriflarini taşkil etiş, sifatli media kontentdan birgalikda foydalaniş ikki mamlakat xalqlari bir-birlarini yaqindan bilişlariga xizmat qiladi.

– Öz media platformalari va axborot tarqatiş kanallarining imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, materiallarni hamkorlikda eʼlon qiliş va kontentni muvofiqlaştirilgan tarzda tarğib etiş, Buyuk Ipak yöli şaharlari haqidagi hikoyalar va ularning öziga xos qiyofasini xalqaro miqyosda kengroq tanitiş imkonini beradi, – dedi Xitoyning CNS axborot agentligining Şinjon bölimi direktor örinbosari Çen Yung.

– Şuning uçun ham Koramoy şahri va Markaziy Osiyo mamlakatlari şaharlari örtasidagi döstlik va hamkorlik tarixini keng yoritiş lozim.

Konferensiyada sözga çiqqanlar ommaviy axborot vositalari örtasidagi hamkorlik va madaniy almaşinuv turizmni tarğib qiliş hamda şaharlararo aloqalarni özaro rivojlantirişga kömaklaşadi, dedi.

Ommaviy axborot vositalari nafaqat axborot yetkazadi, balki şaharlar va xalqlar örtasida döstlik köpriklarini ham barpo etadi.

Konferensiya doirasida Özbekiston jurnalistlar uyuşmasi Farğona viloyat bölimi va Koramoy şahar ommaviy axborot vositalari departamenti örtasida özaro maʼlum muddatga jurnalistlar ijodiy safarlarini taşkil etiş haqida kelişuv tuzildi.
Bugun konferensiya iştirokçilari uçun Koramoy şahrida mediatur taşkil etiladi.
Muhammadjon Obidov, ÖzA
Xitoy