To‘qqiz nafar bokschimiz yarim finalda
Xabaringiz bor, shu kunlarda Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Xabaringiz bor, shu kunlarda Tailandning Bangkok shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tayotgan mazkur chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Musobaqaning chorak final natijalariga ko‘ra, vakillarimizdan Nodir Mirzahmedov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shukurjon Rahimov, Bobo-Usmon Baturov, Sanjar Tursunov, Bahodir Jalolov, Yodgoroy Mirzaeva, Maftuna Melieva hamda Shahnoza Yunusova o‘z vazn toifalarida yarim final bosqichiga yo‘l olib, kamida o‘zlari uchun bronza medalni naqd qilgan edi.
Bugun Osiyo chempionatining yarim final janglari bo‘lib o‘tadi. Unda bokschilarimizdan N.Mirzahmedov Mirlan Turkbai Uulu (Qirg‘iziston), M.Mirzaxalilov Pedres Bautista (Filippin), S.Tursunov Hussayn Iashaish (Iordaniya), Sh.Rahimov Tsendbaatar Yerdenebat (Mo‘g‘uliston), B.Baturov Ashish (Hindiston), B.Jalolov Muhammad Mulayes (Suriya), Sh.Yunusova Xong Gu (Xitoy), Yo.Mirzaeva Yu-Ting Lin (Xitoy Taypeyi), M.Melieva esa Kaur Baat (Hindiston) bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, 26 aprel kuni musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final janglari bo‘lib o‘tadi.