Tirbandlikka qarşi qanday yeçim bor?
Toşkentda aholi va transport oqimi ortişi şahar transport harakatiga yangi talablar qöymoqda. Kimga ustuvorlik beriladi: şaxsiy avtomobilgami yoki önlab yölovçini taşiydigan jamoat transportigami? Poytaxtdagi BRT loyihasi ana şu savolga javob beradi.
Bugun şaharda aholi soni ortib, harakatlaniş ehtiyoji tobora kengayib bormoqda. Har bir oila uçun avtomobil qulaylik vositasi bölişi mumkin. Biroq, barça bir vaqtning özida şaxsiy transportda yölga çiqsa, şahar köçalarining imkoniyatlari çeklanadi. Raqamlarga köra, Toşkentda 3,2 million nafar aholi istiqomat qiladi, röyxatdan ötgan şaxsiy avtomobillar soni esa qariyb 640 mingtani taşkil etadi. Joriy yil 15-sentabr kuni poytaxt avtobuslari bir sutkada 1,52 million nafar yölovçi taşib, rekord natija qayd etgan. Bir kun avval metro xizmatidan 1,17 million nafar yölovçi foydalangan. Bu esa jamoat transportining şahar hayotidagi örni tobora ortib borayotganini körsatadi.
Rivojlangan davlatlarda bir xil yöl maydonidan samarali foydalaniş mumkinligini körsatuvçi muhim mezonlar mavjud. Toşkentda ham bosqiçma-bosqiç BRT loyihasi amalga oşirilmoqda. Loyiha Sergeli va Yunusobod tumanlarini boğlaydigan 22,7 kilometrlik transport koridorini şakllantirişni nazarda tutadi.
Poytaxtdagi Şota Rustaveli köçasi — 6,5 kilometrdan iborat bölib, uşbu yönalişda BRT tizimi 2025-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Şahrisabz köçasi — 3,2 kilometr. Dastlabki 2,2 kilometrlik qismi foydalanişga topşirilgan, qolgan qismida işlar davom etmoqda. Amir Temur şoh köçasi — 7,6 kilometr, BRT infratuzilmasini taşkil etiş işlari boşlangan. Yangi Sergeli köçasi — 5,5 kilometr. Dastlabki tayyorgarlik işlari olib borilmoqda. Uşbu koridorning ahamiyati faqat avtobuslar uçun alohida yölak ajratiş bilan çeklanmaydi. Bu — şaharning turli hududlari örtasida tezkor va qulay jamoat transporti aloqasini şakllantirişga qaratilgan kompleks loyihadir.
BRT tizimi avtobuslar uçun ajratilgan maxsus tasma emas. Aslida bu bir-biri bilan uzviy boğlangan infratuzilma va boşqaruv yeçimlaridan iborat tizim. Loyiha doirasida avtobuslar harakati uçun maxsus yölaklar taşkil etiladi, svetoforlar yangilanib, “yaşil tölqin” tizimi joriy qilinadi, yölovçilar oqimiga mos zamonaviy bekatlar va platformalar barpo etiladi, avtobuslar soni köpaytirilib, qatnov jadvallari maqbullaştiriladi.
Köça yoritiş tizimlari modernizatsiya qilinadi, videokuzatuv kameralari va SOS tugmalari örnatiladi, bekatlarda avtobuslarning yetib keliş vaqtini körsatuvçi elektron tablolar joylaştiriladi. Natijada yölovçi avtobusni qança vaqt kutişini bilişi, belgilangan yönaliş böyiça harakatlanişi va manziliga yetib boriş vaqtini oldindan rejalaştirişi mumkin böladi. Qayd etiş lozimki, bu özgarişlar avtomobil haydovçilari uçun ham foydali bölişi mumkin. Jamoat transportiga ustuvorlik berişning ahamiyatli tomonlari bor. Agar avtobus tez va qulay harakatlansa, ayrim fuqarolar şaxsiy avtomobili örniga jamoat transportini tanlaydi. Natijada yöldagi avtomobillar oqimi kamayişi mumkin.
Şaharning rivojlangani unda qança avtomobil borligi bilan emas, balki odamlar qançalik tez, qulay va xavfsiz harakatlana olişi bilan ham belgilanadi. 22,7 kilometrlik BRT koridori aynan şu maqsadga xizmat qilişi kutilmoqda. Eng muhimi, bugungi özgarişlar ertangi Toşkentda vaqt qadrini, harakat qulayligini va inson manfaatini birinçi öringa qöyişga qaratilgan.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA