Yaşirin sex foş etildi
Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş Departamenti Qoraqalpoğiston Respublikasi Nukus tumani bölimi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda alkogol mahsulotlari işlab çiqarayotgan yaşirin sex foş etildi.
Jumladan, fuqaro O. A. Nukus tumani hududidagi xonadonda yaşirin sex oçib, qölbola usulda alkogol mahsulotlarini işlab çiqarayotganligi aniqlandi. Undan 44 ming 573 dona ştrix kod, 12 ming 346 dona qalbaki aksiz marka, 5 ming 62 dona qopqoq, 1 ming 22 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsuloti, 237 litr spirt va işlab çiqarişda foydalanilgan boşqa mahsulotlar aşyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) va 186-1-moddasi (Etil spirtini, alkogolli va tamaki mahsulotlarini, şuningdek tamaki hamda nikotinni isteʼmol qiliş moslamalarini qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş yoki işlab çiqariş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri