Tinglovchilarga diplomlar topshirildi
Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus hamda professional ta’lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars berayotgan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun qayta tayyorlash kurslari tizimli ravishda tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan qariyb 300 nafar pedagogga kasbiy qayta tayyorlash diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
2025–2026-o‘quv yilida mazkur kasbiy qayta tayyorlash kurslari bepul tashkil etilib, pedagoglarga o‘z kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish imkoniyati yaratildi.

Tadbir davomida bitiruvchilar erishgan natijalar e’tirof etilib, ularning kelgusidagi pedagogik faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar tilandi.
Tadbirda qayd etilganidek, mazkur kurslar ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini mustahkamlash hamda huquqiy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
G.Boboyeva,
O‘zA