Tinchlik posbonlari shaxmatda bellashdi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Qoraqalpoq akademik litseyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Cog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash hamda shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish, sport turlarini ommalashtirish maqsadida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan musobaqada huquqbuzarliklar profilaktikasi, patrul-post, yo‘l-patrul va probatsiya bo‘limlaridan 16 nafar xodim ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra birinchi o‘rinni vazirlik Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasidan safdor Sultan Urazimbetov, ikkinchi o‘rinni Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari mayor Rustem Inyatov, uchinchi o‘rinni Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan mayor Aybek Bekmanov egalladi.
Musobaqa g‘oliblarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Ahmedov qutlab, ularga diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Dovud Abibullayev, O‘zA