"Times of Oman" Özbekiston Prezidentining taşrifini birinçi sahifasida yoritdi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Ömon Sultonligida bölib turibdi. Davlatimiz rahbarining taşrifi va oliy darajadagi muzokaralar tafsilotlari Ömonning yetakçi naşrlaridan biri, "Times of Oman" gazetasining 17-noyabrdagi sonida keng yoritildi.
Gazeta özining birinçi sahifasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said uçraşuvi haqidagi xabarni asosiy material sifatida eʼlon qildi.
Naşrning yozişiça, ikki davlat rahbari Masqat şahridagi “Al-Aʼlam” saroyida rasmiy uçraşuv ötkazgan. Muzokaralar avvalida Ömon Sultoni Özbekiston Prezidenti va unga hamrohlik qilayotgan delegatsiya aʼzolarini samimiy qutlagan. Şavkat Mirziyoyev esa iliq qabul va yuksak mehmondöstlik uçun minnatdorlik bildirgan.
Uçraşuvda tomonlar ikki xalqni boğlab turgan çuqur tarixiy va madaniy aloqalarni alohida taʼkidlagan. Özaro manfaatli hamkorlik va şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş muhimligi qayd etilgan. Şuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşilgan. Gazetaning uçinçi sahifasida Özbekiston Prezidenti şarafiga ötkazilgan rasmiy kutib oliş marosimi fotosuratlar bilan batafsil yoritilgan.
Qayd etilişiça, Şavkat Mirziyoyev 16-noyabr kuni ikki kunlik davlat taşrifi bilan Masqat şahriga yetib kelgan. Aeroportda oliy martabali mehmonni Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said şaxsan kutib olgan. “Al-Aʼlam” saroyidagi rasmiy marosimda Özbekiston Prezidenti şarafiga 21-marta töpdan salyut otilgan. Harbiy orkestr ijrosida Özbekiston davlat madhiyasi yangrab, ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari aʼzolari taniştirilgan.
“Times of Oman” naşri Özbekiston Prezidenti şarafiga uyuştirilgan rasmiy qabul marosimi haqida ham alohida töxtalgan. Unda davlat rahbarlari tadbir oldidan oliy davlat mukofotlari va esdalik sovğalarini almaşgani qayd etilgan. Xususan, Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said Prezident Şavkat Mirziyoyevni “Ol-Said” ordeni bilan taqdirlagan. Özbekiston Prezidenti esa Ömon Sultoniga “Oliy Darajali Döstlik” ordenini topşirgan.
Gazeta mazkur marosimlarni ikki mamlakat örtasidagi mustahkam döstlik munosabatlarining yorqin ifodasi sifatida baholagan.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA