Tilemans: “Mag‘lubiyatning asosiy sababi charchoq bo‘ldi”
Biz professional sportchilarmiz.
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yuri Tilemans JCH–2026 chorak finalida Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng jamoaning muvaffaqiyatsizligiga izoh berdi.
Los-Anjelesda o‘tgan bahsni Tilemans o‘yinoldi mashg‘ulotida olgan jarohati sabab o‘tkazib yubordi.
"Yakuniy hushtak chalingach, natijani o‘zgartirib bo‘lmaydi. Biz professional sportchilarmiz. Ko‘rinib turibdiki, ko‘plab futbolchilar charchagan va holdan toygan edi. Menimcha, aynan shu sababli o‘z o‘yinimizni namoyish eta olmadik.
Shunga qaramay, Belgiya terma jamoasi futbolchilari maydonda bor kuchini berdi. Men ular oldida bosh egaman", — dedi Tilemans.
Belgiya JCH–2026dagi ishtirokini chorak finalda yakunladi. Ispaniya esa yarim finalda Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.