Tibo Kurtua Belgiya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi mutlaq rekordchisiga aylandi
Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv 34 yoshli posbon uchun dunyo birinchiliklaridagi 18-o‘yin bo‘ldi.
Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua jahon chempionatlarida maydonga tushish bo‘yicha Milliy jamoa rekordini yangiladi.
Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazilgan uchrashuv 34 yoshli posbon uchun dunyo birinchiliklaridagi 18-o‘yin bo‘ldi.
Ushbu ko‘rsatkich evaziga Kurtua o‘z vaqtida Belgiya terma jamoasi safida jahon chempionatlarida 17 ta uchrashuvda maydonga tushgan Entso Shifoni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi va mutlaq peshqadamga aylandi.