De la Fuente Ronalduni nega quchoqlaganini tushuntirdi
U timsol bo‘lib turgan qadriyatlar, sportga bo‘lgan munosabati va yoshlarga ko‘rsatayotgan namunasi menga juda yoqadi.
Luis de la Fuente JCH–2026 1/8 finali oldidan Krishtianu Ronaldu bilan quchoqlashganiga izoh berdi.
Ispaniya terma jamoasi 1:0 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvdan so‘ng murabbiy Ronalduning shaxsiyati va sportga bo‘lgan munosabatini yuqori baholadi.
“Biz tez-tez uchrashmaymiz, ammo men uning hayotiy tamoyillariga chin dildan qoyil qolaman. U timsol bo‘lib turgan qadriyatlar, sportga bo‘lgan munosabati va yoshlarga ko‘rsatayotgan namunasi menga juda yoqadi. Har safar uchrashganimizda bir-birimizga hurmat va ehtiromimizni bildiramiz”, — dedi de la Fuente.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu JCH–2026 uning Portugaliya terma jamoasi safidagi so‘nggi jahon chempionati bo‘lishini ma’lum qilgan edi.