Tibbiyot muassasalarini boşqarişga xorijlik professional mutaxassislar jalb etiladi
2026-yil 4-noyabrda “Soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişda xususiy sektor iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Uşbu hujjat bilan soğliqni saqlaş tizimini yagona strategik rejalaştiriş asosida rivojlantiriş, tibbiy xizmat turlari kesimida davlat va xususiy sektorning roli hamda iştirokining maqbul va samarali mexanizmlari belgilandi.
Şuningdek, xususiy sektor salohiyatidan keng foydalaniş, tibbiy va yordamçi xizmatlar xaridida yangi autsorsing mexanizmlarini joriy etiş hamda 2030-yilga qadar tibbiyot taşkilotlarida körsatiladigan klinik va yordamçi xizmatlarni bosqiçma-bosqiç xususiy sektordan autsorsing asosida xarid qiliş hajmini 30 foizgaça yetkaziş;
– soğliqni saqlaş sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb qiliş, davlat-xususiy şeriklik mexanizmlarini takomillaştiriş;
– 2030-yilga qadar ilğor boşqaruv tajribasini joriy etiş uçun kamida 5 ta yirik tibbiyot taşkilotiga nufuzli xorijiy professional boşqaruv kompaniyalari va boşqaruvçilar guruhlarini (keyingi örinlarda – professional boşqaruvçilar) jalb qiliş vazifalari qöyildi.
ÖzA