“Tibbiyot autsorsingi” elektron axborot tizimi joriy etiladi
2027-yil 1-yanvardan boşlab davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy va yordamçi xizmatlarni xususiy sektordan autsorsing asosida xarid qilişning yangi tartibi joriy etiladi.
Davlatimiz rahbarining 2026-yil 4-noyabrdagi “Soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişda xususiy sektor iştirokini yanada kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida bu borada muhim vazifalar belgilandi
Bunda autsorsing şartnomalari xizmatning xususiyati va autsorser tomonidan kiritiladigan investitsiyalar hajmidan kelib çiqib, beş yilgaça muddatga tuziladi. Alohida hollarda investitsiyani qoplaş muddatidan kelib çiqib, istisno tariqasida, Soğliqni saqlaş vazirligi xulosasi asosida autsorsing xizmatlarini körsatiş böyiça şartnomalar ön yilgaça muddatga tuzilişi mumkin. Yangi tartib joriy etilgunga qadar muddati tugaydigan autsorsing loyihalarini 2027-yil yakuniga qadar davom ettirişga ruxsat etiladi.
Şuningdek, qarorda tibbiyot muassasalarida tibbiy va yordamçi xizmatlarni autsorsing asosida taşkil etiş davlat xaridlari töğrisidagi qonunçilik va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oşirilişi, autsorsing şartnomasida nazarda tutilgan tibbiyot muassasalari balansidagi bino va inşootlar, ularning alohida qismlari yoki xonalari, bunday foydalanişning iqtisodiy maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan hamda xizmat narxida hisobga olingan taqdirda, tekin foydalanişga berilişi belgilandi.
Bunda Soğliqni saqlaş vazirligi autsorsing asosida taşkil etiladigan tibbiy va yordamçi xizmatlarning röyxatiga özgartiriş kiritiş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi. Har bir yönaliş böyiça namunaviy xarid qiliş hujjatlari, texnik talablar, şartnomalar loyihalari, xizmat sifati va natijadorligini baholaş böyiça uslubiy tavsiyalarni hamda zaruratga köra baholaş mezonlarini işlab çiqadi. Autsorsing loyihalarini amalga oşiriş jarayonlarini muvofiqlaştiradi, ularning yagona reyestrini yuritadi hamda natijadorligini monitoring qilib boradi.
2027-yil 1-aprelga qadar tibbiyot muassasalarida autsorsing loyihalarini röyxatga oliş, hisobini yuritiş va amalga oşirilişini monitoring qiliş böyiça “Tibbiyot autsorsingi” elektron axborot tizimi joriy etiladi.
ÖzA