Tibbiyot muassasalariga öttiz milliard sömga yaqin mablağ ötkazildi
Davlat tibbiy suğurta jamğarmasining şaxsiy hisobvarağidan bir qator tibbiyot taşkilotlariga 29,9 milliard söm ötkazib berildi.
***
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalaş va farminspeksiya boşqarmasi tomonidan respublikamizda farmatsevtika faoliyati bilan şuğullaniş huquqiga ega korxona va taşkilotlarning 2026-yil 1-noyabr holatidagi yangi statistik maʼlumotlari eʼlon qilindi.
Unga köra, mamlakatimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarni çakana realizatsiya qiluvçi taşkilotlar soni jami 14 ming 335 tani taşkil etib, şundan 7 ming 942 tasi asosiy taşkilotlar va 6 ming 393 tasi filiallardan iborat.
Şuningdek, sohada faoliyat yuritayotgan boşqa subʼektlar soni ham yangilanib, ularga köra respublikada dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvçi taşkilotlar 450 ta, dori vositalarini işlab çiqaruvçilar 61 ta hamda dori vositalarini tayyorlovçi taşkilotlar 108 tani taşkil etmoqda.
***
Milliy tibbiyot markazida murakkab neyrojarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli ötkazildi. Şifokorlar körigi va tekşiruvlar natijasida boş miya ösmasi aniqlangan andijonlik fuqaroda kuçli boş oğriği, nutq buzilişi va eşitiş qobiliyati pasayişi kabi xavfli belgilar kuzatilayotgan edi.
Neyrojarroh Ğayrat Eşquvvatov tomonidan bajarilgan yuqori texnologik operatsiyadan söng bemorning ahvoli sezilarli darajada yaxşilandi.
***
Tibbiyot va farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi direktori Abdulla Azizov AACI Georgia and Central Asia vakili doktor Arçil Morçiladze bilan uçraşib, mamlakatimiz tibbiyot muassasalarida xalqaro akkreditatsiyani joriy etiş va xizmatlar sifatini oşiriş masalalarini muhokama qildi.
Muloqot çoğida tibbiyot taşkilotlarini xalqaro baholaşga tayyorlaş, mutaxassislarni öqitiş va audit jarayonlariga mahalliy ekspertlarni jalb etişga alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar örtasida tibbiyot muassasalarini xalqaro standartlar asosida akkreditatsiyadan ötkaziş va sohaviy hamkorlikni yangi bosqiçga kötarişga qaratilgan özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.
***
Mahalliy biologik faol qöşimçalar işlab çiqaruvçi korxonalarda xalqaro standartlarni joriy etiş doirasida «Mega Pharm Service» korxonasida HACCP tizimiga tayyorgarlik holati örganildi.
Jarayonda işlab çiqariş şaroitlari, texnologik jarayonlar, sanitariya-gigiyena talablari hamda mahsulot xavfsizligini taʼminlaş mexanizmlari körib çiqilib, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tegişli tavsiyalar berildi.
Bunday amaliy örganişlar korxonalarning HACCP talablariga muvofiq işlaşga tayyorgarligini baholaş, mavjud kamçiliklarni öz vaqtida bartaraf etiş va işlab çiqariş jarayonlarini bosqiçma-bosqiç takomillaştirişga xizmat qiladi.
Mohigul Qosimova,
ÖzA