“The Telegraph”: Putin Buyuk Britaniyaga Ukraina va yadroviy qurol böyiça ultimatum qöydi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniyaning boşqa Yevropa davlatlarini himoya qiliş uçun öz yadroviy imkoniyatidan foydalanişdan voz keçişini talab qilmoqda, deb xabar tarqatdi “The Telegraph”.
Uşbu talab Rossiya vakillari tomonidan Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokara uçun tayyorlangan takliflar röyxatiga kiritilgan.
Naşr yozişiça, Buyuk Britaniya Yevropada NATOning jamoaviy mudofaasini taʼminlaş uçun yadroviy qurolli suv osti kemalaridan foydalanadigan yagona davlat. Manbaga köra, Moskva talablari orasida NATO kuçlarini Şarqiy Yevropa va Boltiq böyi mamlakatlaridan olib çiqiş, Finlyandiyani Ittifoqdan çiqariş va Ğarb qöşinini Ukrainaga yubormaslik majburiyati ham bor. Taʼkidlanişiça, faqat şu şartlar bajarilgandan keyingina Putin sulhni körib çiqadi.
Bundan taşqari Moskva Ukrainaga Ğarb quroli, harbiy texnikasi va boşqa mahsulotlari yetkazib berilişini töxtatiş talabini ham qöygan. Yana bir şart – Ukrainaning NATOga qöşiliş istiqbolidan voz keçişi.
– Buning evaziga Moskva Ukraina Yevropa Ittifoqiga qöşilişiga tösqinlik qilmaydi, faqat Kiyev Ittifoqning umumiy mudofaa siyosatida iştirok etmasligi kerak, – deya qöşimça qilingan maqolada.
S.Rahimov, ÖzA