Dunyo böyiça SI yordamida kiber hujum uyuştirgan 1000 ta server aniqlandi
Yaponiyadagi Kompyuter bilan boğliq favqulodda jarayonni örganiş guruhi Muvofiqlaştiriş markazi (JPCERT/CC) boşçiligidagi xalqaro tekşiruv natijasiga köra, sunʼiy intellektga asoslangan kiber hujumni tayyorlaş va amalga oşiriş uçun işlatilgan deya gumon qilingan taxminan 1000 ta server oktabr oyidan beri onlayn rejimda işlamoqda.
Maʼlumotga köra, uşbu serverlar zaiflikni bevosita skanerlaş va yer yuzi böylab veb-saytlarga hujum amalga oşiriş uçun SIga asoslangan vositalardan foydalangan bölişi mumkin.
Tergov oktabr oyi boşida xalqaro kiber xavfsizlik kompaniyalari iştirokida boşlangan. Hozir mutaxassislar taxminan 600-700 serverni kuzatmoqda.
Serverlardan birida tadqiqotçilar Amerikaning “Anthropic” kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan dasturiy yordam vositasi izini topdi. Demak, kiber jinoyatçilar hujum qobiliyatini oşiriş uçun SI vositasidan foydalanayotgan bölişi mumkin.
JPCERT/CC tahlilçisi Ken Sadze kiber hujumda sunʼiy intellektdan foydalaniş hali dastlabki bosqiçda ekani, kelajakda yanada murakkablaşişi mumkinligidan ogohlantirdi.
S.Rahimov, ÖzA