Tezkor harakat va hamkorlik sinovdan ötkazildi
Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida joylaşgan Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filialida Özbyuyekiston Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikramov rahbarligida maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi.
Öquv maşqida viloyatdagi tegişli davlat idoralari mutasaddilari, viloyat favqulodda vaziyatlar va uning yonğin xavfsizligi kuçlari, şoşilinç va tez tibbiyot yordam körsatiş muassasalari, kommunal xizmat körsatuvçi taşkilotlar – “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Namangan filiali, “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati “Hududgaz Namangan” gaz taʼminoti filiali vakillari iştirok etdilar.


Favqulodda vaziyatlarda inson hayotini asraş, jabrlanganlarga tezkor yordam körsatiş hamda tegişli xizmatlar hamkorligini mustahkamlaş maqsadida taşkillangan maşq davomida reanimatsiya va oğir ahvoldagi bemorlar hamda xavfli hududda qolgan fuqarolarni xavfsiz evakuatsiya qiliş, jabrlanganlarga birinçi tibbiy yordam körsatiş işlari amalda namoyiş etildi.


Bundan taşqari şartli yonğinni bartaraf etiş jarayonida yonğin-qutqaruv bölinmalarining jangovar harakatlari va hamkorlikdagi harakatlaniş samaradorligi sinovdan ötkazildi. Şuningdek, favqulodda vaziyatlarda kuç va vositalarni safarbar etiş, hodisa joyida tezkor harakatlaniş, jabrlanganlarni qutqariş va tibbiy yordam körsatiş, şuningdek, xizmatlar örtasidagi hamkorlikni muvofiqlaştirişga qaratilgan harakatlar ham namoyiş etildi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri