Yoşlar muammolari va taşabbuslari rahbarlar diqqat-markazida
Bugungi kunda yoş avlodning ijtimoiy-siyosiy faolligini oşiriş, ularning muammo va takliflarini bevosita tinglaş hamda hal etiş borasida tizimli işlar amalga oşirilmoqda. Ana şunday ezgu taşabbuslarning uzviy davomi sifatida anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Payşanba – yoşlar kuni” doirasida joylarda “Uç avlod uçraşuvi”, “Rahbar va yoşlar” kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda oçiq muloqotlar ötkazilmoqda.
Xususan, FVVda “Zakovat” intellektual öyinlari, kitoblar taqdimoti, “Jasorat maktabi” faoliyatini örganiş hamda yoşlar bilan yana bir qator uçraşuvlar taşkil etildi.
Tadbirlarda yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş, ularni qöllab-quvvatlaş, qutqaruvçilik kasbiga qiziqtiriş, hayotiy tajriba va bilimlarini oşirişga alohida eʼtibor qaratildi.

* * *
Toşkent davlat tibbiyot universitetida Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi raisi Xayrulla Sattarov, universitet rektori, professor Şuhrat Boymurodov hamda talaba-yoşlar iştirokida oçiq muloqot bölib ötdi.
Uçraşuvda yoşlarning fikr-mulohazalari, taklif va taşabbuslari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollar muhokama qilindi. Yoşlarning intilişlarini qöllab-quvvatlaş, taşabbuslarini amalga oşiriş hamda litsey hayotidagi faol iştirokini kengaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yoşlar bilan ötkazilayotgan bu kabi uçraşuvlar şunçaki rasmiyatçilik uçun emas, balki aniq natija va amaliy yordamga qaratilgani bilan ahamiyatli. Yoşlarning murojaatlari ijobiy hal etilişi, ularning bandligi va taʼlim olişi uçun yaratilayotgan imkoniyatlar ertangi kun poydevorini yanada mustahkamlaydi. Zero, bugun yoşlarga qaratilgan eʼtibor va ğamxörlik kelajakda mamlakat taraqqiyotining eng muhim kafolati bölib xizmat qiladi.
Gulnoza Boboyeva,
ÖzA