Termizda talaba-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Tashabbuskor ayol-qizlar marafoni” hamda “Qizlar akademiyasi” targ‘ibot platformasi doirasida forum tashkil etildi.
Tadbirda universitetning faol, intiluvchan va bilimga chanqoq talaba-qizlari ishtirok etib, spikerlarning hayotiy tajribalari hamda muvaffaqiyat sari bosib o‘tgan yo‘llari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
[gallery-29647]
Samimiy suhbat, ochiq muloqot va savol-javoblar tadbirga yanada mazmun va ruh bag‘ishladi. Ayniqsa, ishtirokchilarning kelajakka doir maqsadlari, liderlik salohiyati va jamiyatda o‘z o‘rnini topishga qaratilgan fikrlari yig‘ilganlarda iliq taassurot qoldirdi.
Tadbir davomida yosh qizlarni bilim olishga, o‘z ustida izchil ishlashga, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashga hamda katta marralar sari dadil intilishga chorlovchi muhim g‘oyalar ilgari surildi. Shuningdek, talaba-qizlarning salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan bunday loyihalar izchil davom etayotgani ta’kidlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA