Tennischimiz muvaffaqiyati
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “US Open – 2015” turnirining yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazilayotgan “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “US Open – 2015” turnirining yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.Denis Istomin asosiy to‘rning dastlabki uchrashuvini germaniyalik tajribali raketka ustasi Benjamin Bekkerga qarshi o‘tkazib, raqibini 6:7, 6:4, 6:4, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi hamyurtimiz navbatdagi bahsda avstriyalik Dominik Timga qarshi kortga chiqadi.
D.Istomin juftliklar musobaqasida belaruslik Aleksandr Buriy bilan hamkorlikda dastlabki bahsda moldovalik Radu Albot va serbiyalik Yanko Tipsarevich juftligini 6:3, 3:6, 6:3 hisobida yengdi.